Klinik ordinatura

TOSHKENT TIBBIYOT UNIKVERSITETIGA 2025/2026 O‘QUV YILIDA KLINIK ORDINATURAGA O‘QISHGA QABUL QILISH UCHUN HUJJAT TOPSHIRISH TARTIBI

Toshkent tibbiyot universitetida 2025/2026 o‘quv yilida klinik ordinaturaga hujjatlar 2025 yil  21-avgustgacha (shu kuni ham)  onlayn tarzda Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining malakasini baholash markazining medtoifa.ssv.uz axborot tizimi orqali qabul qilinadi. Axborot tizimidagi so‘rovnoma talabgorning o‘zi tomonidan  to‘ldiriladi. Bunda:

–  Oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat (yoki diplomdan ko‘chirma – O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim muassasalarini grant bo‘yicha o‘qib tugatganlar uchun) hamda unga ilova;

  • Qonunchilik hujjatlariga muvofiq o‘qishga kirishda imtiyoz beruvchi hujjat (agar bo‘lsa)

tanlov o‘tkazish tadbirlarini bajarish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash maqsadida klinik ordinatura (rezidentura)ga tanlovda ishtirok etish xohishini bildirgan talabgor Toshkent tibbiyot universiteti hisob raqamiga bazaviy hisoblash miqdorining yarim barobari miqdorida to‘lov to‘lashlari shart bo‘ladi.

To’lov uchun hisob raqami: ShXR: 4001 1086 0262 8070 9410 0054 004

INN 312 200 400

Diqqat!!!!        Talabgor to‘lov qilganda familiya ismi sharifini (F.I.O.) ko‘rsatishi, Toshkent davlat tibbiyot universiteti qaysi blok uchun va nima uchun to‘lov qilinganligini ko‘rsatishi shart!!!

Klinik ordinatura mutaxassisliklariga o‘qishga qabul qilish bir bosqichli tanlangan mutaxassislikka mos ravishda tegishli bakalavriat ta’lim yo’nalishlari fanlari negizida kirish sinov imtihonlari Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining malakasini baholash markazi tomonidan amalga oshiriladi;

Toshkent tibbiyot akademiyasi klinik ordinaturasiga qabul O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining rejasiga binoan tegishli buyruqlarga asosan qabul qilinadi.  Buyruq  18.07.2025 Buyruq №214

2025/2026 o‘quv yilida tibbiy oliy ta’lim va ilmiy muassasalari va viloyatlar bo‘yicha klinik ordinatura (rezidentura) mutaxassisliklarida o‘qitish uchun o‘rinlar soni Kvota 2025-2026

Klinik ordinatura (rezidentura) orqali tibbiyot kadrlarni 2025/2026 o‘quv yilida tayyorlash bo‘yicha mutaxassisliklari va ularga
muvofiq keluvchi bakalavriat ta’lim yunalishlari ro‘yxati  Ta’lim yo’nalishlari mosligi

Klinik ordinaturani grant  yoki maqsadli kvota  (grant yoki kontrakt)  asosida o‘qishni tugatgan, ammo 3 yil ishlab bermagan  shifokorlar  klinik ordinaturaga o‘qishga qayta qabul qilinmaydi!

Murojaat uchun «Call markaz»:   +998954754502

 

Chet el fuqarolari klinik ordinaturaga suhbat orqali qabul qilinadi va hujjatlar qabuli  bo‘yicha  TTA Xalqaro fakultetiga murojaat qilinadi:

Telefon: +998954754503

 

Klinik ordinaturaga kirish uchun bir vaqtning o‘zida bir nechta muassasada tanlovda qatnashish ta’qiqlanadi

(Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 18 dekabrdagi 319-son Qarorining 2-ilovasi 16-punkt)  319-son qaror

Translate: Eng Рус