Toshkent tibbiyot akademiyasi Tibbiy profilaktika ishi yo‘nalishi
Tibbiy profilaktika fakulteti 1931 yilda tashkil etilgan. Fakultetda 2 ta akademik, 30 ta professor, 46 ta dotsent va 60 ta assistent 11 ta kafedra va 1 ta ilmiy maktabda faoliyat olib boradi. Hozirgi kunda fakultetda 500 dan ziyod talabalar tahsil olmoqdalar. Mazkur fakultetda vrach gigiyenist-epidemiologlar tayyorlanadi.
Ta’lim yo’nalishi: 5510300 – tibbiy profilaktika ishi
O`qish shakli: kunduzgi
O’qish muddati: 5 yil
Mutaxassisligi: vrach gigiyenist-epidemiolog.
Ushbu fakultetni bitirgan talabalar:
- Davlat sanitariya va epidemiologiya nazorat markazida,
- tibbiy sanitariya qismlari,
- davolash profilaktika muassasalari,
- karantin va o‘ta xavfli kasalliklar profilaktikasi ilmiy markazi va uning filiallarida,
- OITSga qarshi kurash markazlarida faoliyat yuritishlari mumkin.
Tibbiy profilaktika fakultetini bitiruvchilari tanlagan ixtisosligi bo‘yicha magistratura hamda klinik ordinaturaga hujjat topshirishlari va o’qishni davom ettirishlari mumkin bo‘ladi
TIBBIY-PROFILAKTIKA FAKULTETI
(Tibbiy-profilaktika ishi)
- Fakultetning qisqacha tarixi.
1920 yilda Toshkent shahrida Turkiston Davlat Universiteti tashkil etilgan bo‘lib Universitet tarkibida tibbiyot fakulteti ham bo‘lgan. 1931 yilga kelib fakultet O‘rta Osiyo tibbiyot instituti nomi bilan Universtitet tarkibidan ajralib chiqadi va 1935 yilda Toshkent tibbiyot instituti deb qayta nomlanadi. Institut tarkibida quyidagi to‘rt fakultet bo‘lgan: davolash-profilaktika, onalik va bolalikni himoya qilish, sanitariya-profilaktika va stomatologiya fakultetlari. 1933 yildan sanitariya-profilaktika fakulteti sanitariya-gigiena fakulteti deb qayta nomlangan. 1992 yildan hozirgi vaqtgacha tibbiy profilaktika fakulteti deb yuritiladi.
Toshkent tibbiyot akademiyasi tibbiy profilaktika fakulteti tibbiy fanlarning rivojlanishiga va kadrlar tayyorlash bo‘yicha nafaqat O‘zbekistonda balki O‘rta Osiyo Davlatlarida ham katta yutuqlarga erishgan. Tibbiyotning turli yo‘nalishlarida faoliyat ko‘rsatgan akademik Turakulov Ya.X., professorlar Zairov K.S., Smetanin N.N., Kovaleva ye.P., Gusev M.I., Izmerov N.F., Ubaydullaev A.X., Chichenin P.I., akademik Iskandarov T.I. va boshqalar ushbu fakultetning tarbiyalanuvchilari hisoblanadi.
Fakultetga asos solingan vaqtidan boshlab uning dekani sifatida Krыjenkov A.N., Georgievskiy A.V., Kampansev N.N., Shtiben V.D., Dixtyar S.R., Akovbyan A.A., Vvedenskiy D.A., Zaxidov A.Z., Babadjanov S.N., Madjidov V.M., Maxmudov O.S., Abduraximov F.G., Magzumov B.X., Demidenko N.M., Tashxodjaev P.I., Katsenovich L.A., Parpiev O.P., Xakimov A.X., Shakirov E.A., Baxritdinov Sh.S., Mirsharapov U.M., Mirtazaev O.M., Zufarov P.S., Nuruzova Z.A., Salomova F.I. faoliyat yuritganlar. Fakultetni 2016 yil 2-sentyabrdan t.f.d. Kulmanova M.U. boshqarib kelmoqda.
- Fakultetda faoliyat olib borayotgan professor-o‘qituvchilar
Tibbiy profilaktika fakultetiga biriktirilgan 11 kafedra va 1 ta ilmiy maktabda 137 nafar oliy malakali mutahassislar: 21 nafar professorlar, 34 nafar dotsentlar, 82 nafar katta o‘qituvchilar va assistentlar mehnat qilib kelmoqdalar.
- Fakultetda tahsil olayotgan talabalar
Tibbiy profilaktika fakultetida tibbiy profilaktika ishi bo‘yicha 525 nafar (325 nafar o‘g‘il va 200 nafar qiz) talaba taxsil olmoqda.
- Talabalarga qo‘yilgan talab
Toshkent tibbiyot akademiyasida taxsil olayotgan har bir talabaga zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanishni bilishi va chet tillarini mukammal o‘rganishlari tibbiyot akademiyasiga qabul qilingan birinchi kunidan boshlab talab qilinadi. Agar talabalar ushbu talablarga javob bermasa kelajak ishlarida (yetuk bilimli mutaxassis bo‘lishi, ilmiy ishlar olib borishi hamda chet ellarda malaka oshirish) yutuqlarga erisha olmaydi.
- Agar talabalarda akademik qarzdorlik mavjud bo‘lsa?
Sababsiz 72 soat dars qoldirgan qarzdor talabalar talabalik safidan chetlashtiriladi. Kasallik tufayli qarzdor bo‘lgan talabalar esa belgilangan hujjatlarni tavsiya qilganlaridan so‘ng o‘rnatilgan grafik asosida akademik qarzdorliklarini bartaraf qilishadi. Semestr davomida har bir fandan 3 va undan ortiq sababsiz dars qoldirgan, yakuniy nazoratlar (OSKI va test)ni qoniqarsiz baholarda topshirgan talabalar akademik qarzdor talaba hisoblanib, ular akademik qarzdorligini semestrdan tashqari belgilangan grafik asosida qayta topshirishadi va akademik qarzdorlik sodir bo‘lgan semestrni oxirgi oy stipendiyasidan mahrum qilinadi.
- O‘quv yili davomiyligi
Tibbiy profilaktika ishi mutaxasssisligi bo‘yicha o‘qish davomiyligi 5 yil.
- O‘qishning maqsadi.
Tibbiy profilaktika yo‘nalishida: kasalliklar profilaktikasi va joylarda tibbiy xizmatni to‘g‘ri tashkillashtirish.
- O‘qishni tugatgandan so‘ng bitiruvchilarning sohasi
Tibbiy profilaktika ishi mutaxassisligi: vrach gigienist-epidemiolog
- Tibbiyot akademiyasini tugatgan talabalar ish joylari
Tibbiy profilaktika ishi mutaxassisligi: tuman, shahar va Respublika DSENMlarida, davlat sanitariya-profilaktika muassasalari, sug‘urta va munitsipial tibbiyot muassasalari, tibbiy-sanitariya qismlari, OITSga qarshi kurash markazlar, ilmiy-tekshirish institutlari, o‘rta va oliy tibbiy o‘quv muassasalarida faoliyat olib boradilar.