Oliy hamshiralik ishi

Toshkent tibbiyot akademiyasi Oliy hamshiralik ishi ta’lim yo’nalishi

Oliy ma’lumotli hamshira fakulteti 1999 yilda tashkil etilgan. Hozirda fakultet tarkibida 5 ta kafedra bo’lib, ularda 60 ga yaqin professor-o’qituvchilar, jumladan 5 nafar fan doktori, 15 nafar fan nomzodi, katta o’qituvchi va assistentlar talabalarga bilim berib kelmoqdalar. Hozirda fakultetda 300 ga yaqin talabalar taxsil olmoqdalar. Mazkur fakultetda  oliy ma’lumotli hamshiralar tayyorlanadi.


Ta’lim yo’nalishi: 5510700 – Oliy hamshiralik ishi omx1

O`qish shakli: kunduzgi

O’qish muddati: 3 yil

Mutaxassisligi: Oliy ma’lumotli hamshira.

Ushbu fakultetni bitirgan talabalar:

  • yetakchi hamshira,
  • tibbiyot kollejlarida o’qituvchi,
  • yetakchi operatsion hamshira,
  • yetakchi anesteziologiya-reanimatsiya bo’yicha hamshira,
  • tug’ruq bo’limi yetakchi akusherkasi hamda vrach statist bo’lib faoliyat yuritishadi.

5510700 Олий хамширалик иши йўналиши бўйича касбий ижодий имтихон дастури ва бахолаш мезонлари дастур-2019

OMH fakulteti bitirgan talabalar 2 yillik “Hamshiralik ishini tashkil etish va boshqarish” mutaxassisligi bо‘yicha magistraturaga hujjat topshirib o‘qishni davom ettirishlari mumkin.


OLIY HAMSHIRA ISHI FAKULTET
(Oliy hamshiralik ishi)

ERALIEV UMID ERGASHOVICH
dekan, t.f.n., dotsent

+99871 150-78-34

e-mail: 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998 yil 10 noyabrdagi «Respublikada Sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish Davlat dasturi to‘g‘risida»gi UP-2107 sonli farmoniga asosan, Respublikamizdagi barcha tibbiyot institutlarida 1999-2000 o‘quv yilidan boshlab, «Oliy hamshiralik ishi» yo‘nalishi bo‘yicha Tibbiyot Institutlarida «Oliy malakali hamshiralar tayyorlash» bo’limlari faoliyat ko‘rsata boshladi.

1999-2000 o‘quv yilidan boshlab, Birinchi va Ikkinchi Toshkent tibbiyot institutlarining Tibbiy pedagogika fakultetining qoshida «Oliy malakali hamshiralar tayyorlash» bo‘limlari tashkil etildi.

Birinchi Toshkent tibbiyot institutida «Oliy malakali hamshiralar tayyorlash» bo‘limiga «Ko‘z kasalliklari» kafedrasining dotsenti, tibbiyot fanlari nomzodi Yangiyeva N.R. va ikkinchi Toshkent tibbiyot instituti Tibbiy pedagogika fakulteti qoshidagi «Oliy malumotli hamshiralar tayyorlash» bo‘limiga tibbiyot fanlari doktori, professor Raximboyeva G.S. raxbarlik qilganlar. O‘sha paytda ilk talabalar soni 1 – ToshMI da 38 ta va 2 – ToshMI da 40 ta bo‘lgan. 2002 yil «Oliy malakali hamshiralar tayyorlash» bo‘limi maqomi «Oliy ma’lumotli hamshiralar tayyorlash» maqomiga o‘zgartirildi. 2002 yil 2 – ToshMI dagi «Oliy ma’lumotli hamshiralar tayyorlash» bo‘limiga raxbar bo‘lib, tibbiyot fanlari doktori, Umarov R.X. tayinlandi. 2003 yildan esa, tibbiyot fanlari doktori, professor Bobojonova SH.A. raxbar etib tayinlandi.

О‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining 19 iyul 2005 yildagi № PQ–3629 sonli farmoniga kо‘ra bekor qilingan Birinchi va Ikkinchi Toshkent tibbiyot institutlari asosida Toshkent tibbiyot akademiyasi tashkil etilishi munosabati bilan «Oliy ma’lumotli hamshiralar tayyorlash» fakulteti tashkil etildi va fakultet dekani lavozimiga Bobojonova SH.A. tayinlandi. Bu paytga kelib talabalar soni 100 tadan ortdi.

2007 yildan boshlab OMH fakultetiga tibbiyot fanlari doktori Xalmatova B.T. dekan lavozimida faoliyat yuritdi. Aynan shu yillardan boshlab OMH fakulteti fakultet sifatida ilgarilab bordi. Barcha sohalarda jumladan sport, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, bilim salohiyatida ham fakultet birinchi o‘rinlarda turdi. Aynan dekan Xolmatova B. T. boshchiligida fakultetning Ilmiy Kengash ishlari yo‘lga qo‘yildi. 2010-2011 o‘quv yilidan fakultetga 6 ta kafedra biriktirildi. Jumladan: Hamshiralik ishi, Sud tibbiyoti va tibbiyot huquqlari, 1-ijtimoiy fanlar, 1-sonli tillar, Akusherlik va ginekologiya, Jamoat salomatligi va sog‘liqni saqlashni tashkil etish va boshqarish kafedralari. Bu kafedralarda ham bahamjixatlik bilan olib borilgan ishlar anchagina samarasini berdi.

2011-2015 o‘quv yillarda OMH fakultetiga tibbiyot fanlari doktori, professor Rustamova X.E. dekan lavozimida ishlaganlar. Shu yildan boshlab dekan boshchiligida fakultetning O‘quv uslubiy kengash ishlari yo‘lga qo‘yilgan.

2015-2016 o‘quv  yilida OMX fakulteti dekani f.f.n., dotsent Norkulov Suxrob Do‘stmurodovich ish yuritganlar va kopgina yutuqlarga erishganlar.

2016-2017 o’quv  yilida Oliy ma’lumotli hamshira fakulteti dekanligiga  Toshkent tibbiyot akademiyasi LOR kasalliklari kafedrasi dotsenti t.f.d. Bakiyeva Shahlo Hamidullayevna tayinlangan. 

5510700 – “Oliy hamshiralik ishi” ta’lim yо‘nalishi

Fakultetga qarashli kafedralar

Hamshiralik ishi kafedrasi. Kafedra mudiri, professor Razikova Ilmira Sadullayevna

Jamoat salomatligi, sog‘liqni saqlashni tashkil etish, boshkarish kafedrasi. Kafedra mudiri, professor Rustamova Xamida Yelemesovna

Ijtimoiy fanlar kafedrasi. Kafedra mudiri, dotsent Norqulov Suhrob Do‘stmurodovich

Sud tibbiyoti va tibbiyot huquqi kafedrasi. Kafedra mudiri, dotsent Bahriyev Ibroxim Isomadinovich

Tillar kafedrasi. Kafedra mudiri, dotsent Abdullayeva Rozanna Mirzatullayevna

OMH fakulteti kafedralarida 60 dan ziyod о‘qituvchilar mehnat qilishadi, ular orasida 5  fan doktori, 15 da fan nomzodlari va ta’lim xodimlari mavjud

Fakultet talabalari 3-kursda о‘z arizalariga kо‘ra 4 mutaxassislik bо‘yicha bо‘linadi

  1. Akusherlikda hamshiralik ishi,
  2. Anesteziologiya va reanimatsiyada hamshiralik ishi
  3. Xirurgiyada hamshiralik ishi
  4. Menejment

Hozirgi kunda fakultetda 269 ta talabalar tahsil olmoqda.

2013 yilda OMH fakulteti talabalari uchun “OMH о‘quv markazi” tashkil etildi. “OMH о‘quv markazi” maqsadi Patronaj va professional parvarish, zamonaviy parvarish va og‘ir yotgan bemorlarga, xayotga xavf soluvchi holatlarda shoshilinch yordam kо‘rsatish texnologiyalarini, onalik–bolalikda hamshiralarning rolini va akusherlik yordamini vaqtida kо‘rsatish haqidagi dunyoqarashlarini kengaytirish, amaliyot bo’yicha keng tushuncha berish. Besh bosqichdan iborat bо‘lgan hamshiralik jarayonini va bu jarayonni hamshiralik kasallik tarixida hujjatlashtirish usullarini talabalarga о‘rgatish.

“OMH о‘quv markazi” vazifalari

– Malakali tibbiy topshiriqlarni yechishni taminlovchi malakali bilimlarni shakllantirish;

– О‘quv-mashg‘ulot komplekslarini tashkillashtirish uchun  innovatsion kompyuter texnologiyalarni qо‘llash;

– О‘quv va ishlab chiqarish amaliyoti yakunida  talabalar bilimini yakuniy tekshirish.

  OMH fakulteti bitirgan talabalar 2 yillik 5A510701 – “Oliy ma’lumotli hamshira” mutaxassisligi bо‘yicha magistraturada о‘qishni davom ettirishlari mumkin

  5A510701- “Oliy ma’lumotli hamshira” mutaxassisligi bо‘yicha magistraturani tamomlaganlar 140023 – “Hamshiralik ishini tashkil etish” ixtissosligi bо‘yicha doktorlik dissertatsiya ishi bilan shug‘ullanishlari mumkin

   2010-2011 о‘quv yillarida OMH fakulteti tashkil etilib, unga 6 kafedra biriktirilgan, ushbu kafedralarda 75 professor о‘qituvchilar ish yuritishadi. Fakultetning ilmiy salohiyati   31,6 %. Bugungi kunda fakultetda 267 talaba tahsil olmoqda. Ular Akademiyamizning 25 kafedrasida 55 fandan bilim olishadi.

Kafedralarning moddiy-texnik bazasi asosan bugungi kun talablariga javob beradi. Kafedralarda fakultet talabalariga dars berish uchun malakali pedagoglar ajratilgan. Ma’ruzalarning 60%ni professorlar, 40% dotsentlar tomonidan о‘qiladi.

Bugungi kunda OMH fakultetida bir qator ishlar olib borilmoqda.

– Jumladan amaliy dars va ma’ruzalar sifatiga e’tibor berilmoqda.

– О‘qish jarayonida Yangi pedagogik texnologiyalar keng tadbiq qilinmoqda.

– Barcha fanlar bо‘yicha о‘quv-metodik qо‘llanmalar, adabiyotlar yaratilgan va yangilanib bormoqda.

– Klinik fanlar bо‘yicha amaliy darslar amaliy kо‘nikmalarni о‘rgatish uchun tashkil qilingan laboratoriya va QVP modulida о‘tishmoqda.

   Ushbu standartda klinik amaliyot soatlariga aloxida e’tibor berilgan, ya’ni 50% – klinik amaliyot va 50%  nazariyaga ajratilgan. Auditoriyada о‘tiladigan amaliy mashg‘ulotda mulyajlarda avtomatik darajagacha amaliy kо‘nikmalar о‘rgatiladi, klinik amaliyot klinikada о‘qituvchi nazorati va tajribali «yetakchi» hamshira rahbarligida bemor yonida olib boriladi. Yangi DTSga – jamoada hamshiralik ishi, sog‘liq va kasallik sotsiologiyasi; psixologiyaga kirish, inson taraqqiyoti, tibbiy va farmatsevtik maxsulotshunoslik, infeksion nazorat, dalillarga asoslangan tibbiyot, ilmiy tekshirish ishlarini amaliyotda qо‘llash, hamshiralar uchun chet tili  kabi fanlar kiritilgan.

Hozirgi kunda Oliy ma’lumotli hamshiralarni tayyorlash jarayoni tubdan о‘zgargan, ular 4 asosiy ixtisoslik yо‘nalishida ta’lim oladilar: anesteziologiya va reanimatsiya blokida  hamshiralik ishi; jarroxlik blokida hamshiralik ishi; akusherlik blokida hamshiralik ishi; hamshiralik ishida menejment.

Bugungi kunda Respublikada oliy ma’lumotli hamshiralar soni 1860 taga tengdir. Ushbu fakultet bitiruvchilari kollej va sog’liqni saqlash tizimining har xil yo‘nalishlarida ishlab kelmoqda, jumladan: 24,6% turli kollejda o‘qituvchi, 15,3% turli DPMlarda bosh hamshira va katta hamshira lovozimlarda, 4,2%dan anesteziologiya va reanimatsiya, jarrohlik bo‘limlarida hamshira, 3,6% yetakchi hamshiralar va 2,5% magistraturada o‘qishni davom ettirmoqdalar.

Ush bu fakultet bitiruvchilariga talab juda katta, «Oliy ma’lumotli hamshira» yo’nalishining bitiruvchisi quyidagi turdagi kasbiy faoliyatni bajarishga tayyor bо‘lishi lozim:

  • davolash-profilaktik;
  • tashkiliy-boshkaruv;
  • axborot-taxliliy;
  • marketing;
  • innovatsion;
  • reabilitatsion;
  • tarbiyaviy-pedagogik;
  • metodik;
  • konsultativ;
  • ilmiy-izlanish.

  Demak, hozirgi zamon talabiga muvofiq kadrlarni tayyorlash uchun о‘quv jarayonini yanada mukamallashtirishimiz zarur.  OMH fakulteti talabalari uchun ushbu о‘quv yilida о‘quv jarayonni sog‘liqni saqlash amaliyotiga maksimal yaqinlashtirish, amaliy kо‘nikmalarni chuqurroq о‘rgatish, oliy ma’lumotli hamshiralarni tayyorlashda kafedralararo integratsiyani kuchaytirish uchun OMH markazi tashkil qilinish  maqsadi qо‘yilgan. Ushbu markazda 6 о‘quv bо‘lim (terapevtik, xirurgik, onalik va bolalik, laborator-instrumental diagnostikasi, hamshiralik ishida shaxslararo munosabatlar kо‘nikmalarini о‘rganish, menejment va liderlik), kutubxona, о‘quv xonasi, kompyuter zali tashkil etish rejalashtirilgan. Markazda reja asosida 1,2,3 kurs talabalariga amaliy darslar о‘tiladi va bemorlarni parvarishi bо‘yicha amaliy kо‘nikmalar mulyaj, fantomlar va boshka о‘quv qо‘llanamlar yordamida о‘rgatiladi.

Respublikamizda hamshiralik ishini takomillashtirish kо‘p jixatdan ushbu kasb egalarini rolini va axamiyatini oshirishdan, dunyoning yetakchi davlatlari ilg‘or tajribalaridan hamda ilm–fan yutuqlaridan foydalangan holda hamshiralik ishini tashkil etish va boshqarishni uzluksiz ta’lim orqali yaxshilashdan iborat.  Hamshiralik ishini tashkil etish va boshqarishni yuksak samarali tizimini yaratishning asoslaridan biri ushbu mutaxassislik bо‘yicha respublikamizga yetuk magistrlar  tayyorlashdan iborat.

Davr taqozo etganidek, kadrlarni qayta tayyorlash kelajak avlodga bо‘lgan ishonchni yanada orttirish jamiyatimiz taraqqiyotini bundanda yuksaltirish malakali mutaxassislarning kasbiy saloxiyatini oshirib, ijobiy natijalarga erishishdir. Buning uchun xar birimiz soxa yо‘nalishi buyicha mas’uliyatni xis etgan xolda davlatimiz g‘amxо‘rligida yaratilayotgan barcha sharoitlardan tо‘g‘ri foydalanib, kadrlarni qayta tayyorlashda samarali ishlarni amalga oshirishimiz  kerak.

Hamshiralik ishini rivojlantirishning istiqboli:

  • ilmiy-izlanish bilan shug‘ulanuvchi mutaxassislarga xar tomonlama yordam kо‘rsatish
  • boshqa OTMlar bilan xamkorlik ishlarini takomillashtirish
  • oliy ma’lumotli hamshira faoliyatining klinik standartlari va talablarini ishlab chiqish
  • hamshira ishini baholash tamoyillarini aniqlash
  • hamshiralik ishi liderlarini tayyorlash
  • hamshiralik ishini boshkarishni takomillashtirish
  • amaliy о‘qitish va hamshira faoliyatining sifat indikatorlarini ishlab chiqish

FAKULTET O’QUV USLUBIY HAYOTI

  • OMH fakulteti sog’liqni saqlashda hamshiralik ishi jarayoni bo‘yicha yuqori darajada nazariy va amaliy bilimlarga ega malakali mutaxassislarni tayyorlaydi.
  • Fakultet talabalari to‘rt yo‘nalish: akusherlik, anesteziologiya – reanimatologiya, xirurgiya, menejment yo‘nalishlari bo‘yicha mutaxassis bo‘lib chiqadilar.
  • Fakultet talabalariga 15 nafar fan doktorlari, professorlar, 35 nafar fan nomzodlari, dotsentlar, 40 nafar assistentlar ta’lim berib kelmoqdalar.
  • Fakultet tarkibidagi kafedralar tomonidan talabalarga fan bo‘yicha yetarli bilim olishlari uchun eng so‘nggi axborot va innovatsion texnologiyalar bilan jihozlangan auditoriyalarda ta’lim beriladi.

O‘qish muddati 3 yil (bakalavr)

O‘QUV BAZALAR

  • Toshkent tibbiyot akademiyasi Oliy ma’lumotli hamshira fakulteti respublikaning barcha tibbiy oliy o‘quv yurtlarida «5510700-Oliy hamshiralik ishi» ta’lim yo‘nalishlari uchun tayanch oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi.
  • OMH fakultetini tamomlagach «Hamshiralik ishini tashkil etish va boshqarish» mutaxassisligi bo‘yicha magistraturada o‘qishni davom ettirish mumkin.
  • OMH fakultetini bitirgan talabalarimiz yetakchi hamshira, vrach statist, hamshiralik ishi bo‘yicha bosh vrach o‘rinbosari hamda Oliy o‘quv yurtlarida, tibbiyot kollejlarida hamshiralik ishi bo‘yicha o‘qituvchi lavozimlarida o‘z faoliyatini davom ettirmoqdalar.

2013 yilda fakultet talabalari uchun «OMH o‘quv markazi» ochilgan bo‘lib, quyidagilarni o‘rgatadi:

  • Tibbiy hujjatlarni olib borishni o‘rgatish;
  • Terapevtik bemorlarni malakali parvarish qilish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni o‘rgatish;
  • Xirurgik va reanimatsion bemorlarni malakali parvarish qilish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni o‘rgatish;
  • Homilador ayollarni, tug‘ruq va tug‘ruqdan keyingi davrda malakali parvarish qilish bo’yicha amaliy ko‘nikmalarni o‘rgatish;
  • Zamonaviy asbob-uskunalarda ishlashni, bemorlarni laborator-instrumental tekshiruvga tayyorlashni o‘rgatish;
  • Hamshiralik jarayonida shaxslararo muloqotni o‘rgatish;
  • Talabalarni o‘qitishda fanlararo integrasiyani keng qo’llash;
  • Yakuniy nazoratning klinik qismini o‘tkazishni yuqori darajada tashkil qilish.

Hozirda fakultetda 267 nafar talaba tahsil olmoqda. Asosiy tibbiy fanlardan tashqari, chet tilini, kompyuter texnikasini o‘rganish mashg‘ulotlari ham yo‘lga qo‘yilgan. Fakultet talabalari TTA miqqiyosida o‘tkaziladigan barcha tadbirlarda faol ishtirok etadilar.

Translate: Eng Рус