TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASIGA 2024/2025 O‘QUV YILIDA BIRLAMCHI MAQSADLI IXTISOSLASHTIRISH KURSLARI (INTERNATURA)GA KIRISH IMTIXONLARINI O‘TKAZISH TARTIBI
Birlamchi maqsadli ixtisoslashtirish kurslari(internatura) mutaxassisliklariga o‘qishga qabul qilishda tanlangan mutaxassislikka mos ravishda tegishli bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari fanlari negizida og’zaki suhbat shaklida o‘tkaziladi;
O’tkazilgan suhbat natijalari: Internatura natijalari
Toshkent tibbiyot akademiyasi 2024/2025-o‘quv yilida birlamchi maqsadli ixtisoslashtirish kurslariga (internatura) qabul kvotasi Kvota 2024-2025 Internatura
birlamchi maqsadli ixtisoslashtirish kurslari(internatura) orqali tibbiyot kadrlarni 2024/2025 o‘quv yilida tayyorlash bo‘yicha mutaxassisliklari va ularga
muvofiq keluvchi bakalavriat ta’lim yunalishlari ro‘yxati Ta’lim yo’nalishlari mosligi
Murojaat uchun «Call markaz»:
+998954754502
+998954754503
+998954754504
Birlamchi maqsadli ixtisoslashtirish kurslari (internatura)ga hujjat topshirgan talabgorlar diqqatiga:
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2024 yil 30-avgustdagi 02-28/19835-son topshiriq xatiga ko‘ra hududlarning tor soha mutaxassislariga bo‘lgan ehtiyojidan kelib chiqib 2024/2025 o‘quv yilida birlamchi maqsadli ixtisoslashtirish kurslari (internatura)ga qabul uchun hujjat topshirgan barcha shifokorlar mutaxassislikliklar kesimida qabul qilinadi.
O‘qish istagini bildirgan hujjat topshirgan shifokorlar 2024-yil 12-sentabrgacha hujjatlarini Toshkent tibbiyot akademiyasi internatura qabul bo‘limiga kelib topshirishlari lozim.
Birlamchi maqsadli ixtisoslashtirish kurslari(internatura) qabuli mas’uliga murojaat uchun: +998901310379 raqamiga ish vaqtida qo’ng’iroq qilishingiz mumkin.
Ish vaqti: 09:00-18:00
Birlamchi maqsadli ixtisoslashtirish kurslari(internatura)ga hujjatlarini topshirishlari uchun quyidagi raqamlarga ish vaqtida murojaat qilishingiz mumkin: +998 90 371 99 95; +998 77 268 22 98