Xizmatni o‘tagan abiturientlarga to‘plagan ballarining yarmi qo‘shiladi

harbiy imtiyozli abituriyent

Prezidentning 4.04.2017 yildagi PQ–2867-son Qarori bilan muddatli harbiy xizmatni o‘tagan oliy ta’lim muassasalari abiturientlari uchun imtiyoz miqdoriga tuzatish kiritildi.  

Qurolli Kuchlar safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab bo‘lgan, harbiy qismlar qo‘mondonligining tegishli tavsiyanomalariga ega bo‘lgan fuqarolarga barcha yo‘nalishlar va mutaxassisliklar bo‘yicha bakalavrlar tayyorlashda barcha oliy ta’lim muassasalariga kirishda imtiyozlar beriladi.

Bu 2017/2018 o‘quv yilidan boshlab test sinovlari natijalariga ko‘ra to‘plagan ballarining 50 foizi miqdorida qo‘shimcha ballga ega bo‘lish shaklidagi imtiyozdir (ilgari – to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ballarning 27 foizi).

Shu tariqa, test sinovining barcha savollariga to‘g‘ri javob bergan imtiyozga ega bo‘lgan abiturient ilgari 288 ball to‘plar edi, endi 340,2 ball olish imkoniyatiga ega. 

Quyidagi hujjatlarga tegishli tuzatishlar kiritildi:

Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bog‘langan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi» axborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

Batafsil: http://www.norma.uz/qonunchilikda_yangi/hizmatni_utagan_abiturientlarga_tuplagan_ballarining_yarmi_qushiladi

Translate: Рус

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.