Klinik ordinatura

E’LON! TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASIGA 2024/2025 O‘QUV YILIDA KLINIK ORDINATURAGA QO‘SHIMCHA QABUL QILINGAN KLINIK ORDINATORLAR DIQQATIGA

Sog‘liqni saqlash vazirligining “Klinik ordinatura (rezidentura) mutaxassisliklari boʻyicha  respublika miqyosida ehtiyoj mavjud boʻlgan vakansiyalarni toʻldirish maqsadida viloyatlarda ishlash istagini bildirgan talabgorlarni oʻqishga qabul qilish yuzasidan” tegishli xatiga ko‘ra, Surxondaryo, Qashqadaryo, Jizzax, Sirdaryo va Toshkent viloyatlaridagi davolash profilaktika muassasalarida ishlash istagini bildirgan 2024/2025 oʻquv yilida oʻqishga qabul qilingan klinik ordinatorlar joriy yilning 10-oktyabr sanasiga qadar uch tamonlama shartnomalarni imzolatishi va Toshkent tibbiyot akademiyasi marketing boʻlimiga olib kelishi soʻraladi. Uch tamonlama shartnomalarni Toshkent tibbiyot akademiyasi marketing boʻlimidan olib ketishingiz mumkin. Belgilangan muddatgacha uch tamonlama shartnomalarni taqdim etmagan talabgorlar klinik ordinatorlar safiga qabul qilinmaydi.

 

TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASIGA 2024/2025 O‘QUV YILIDA KLINIK ORDINATURAGA QO‘SHIMCHA QABUL QILISH TARTIBI TO‘G‘RISIDA E’LON

  2024-2025 oʻquv yilida Toshkent tibbiyot akademiyasi klinik ordinaturasi qabul sinovlarida  ishtirok  etgan  va  eng  yuqori  ballarning  kamida  30  foizini  toʻplagan nomzodlarni 2024/2025  oʻquv yilida klinik ordinatura qabul sinovlarida ishtirok etgan va Surxondaryo, Qashqadaryo, Jizzax,  Sirdaryo  va  Toshkent  viloyatlari  davolash  profilaktika  muassasalarida  ishlash istagini  bildirgan  talabgorlar qabul qilinadi:

Bunda, talabgor  mumkin  boʻlgan  eng  yuqori  balning  kamida  30  foizini  toʻplagan boʻlishi;

respublika   miqyosida   ehtiyoj   mavjud   boʻlgan   vakansiyalarni   toʻldirish maqsadida viloyatlarda ishlash istagini bildirganlik toʻgʻrisida ariza;

ish    beruvchi    tashkilot,    talabgor    va    taʼlim    tashkiloti    bilan    tuzilgan  uch tomonlama shartnoma taqdim etilishi lozim.

Arizalar qabuli offlayn tarzda 2024-yil 25-sentabrgacha davom etadi.

Murojaat uchun «Call markaz»:

+998954754501

+998954754502

+998954754503

+998954754504

 

TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASIGA 2024/2025 O‘QUV YILIDA KLINIK ORDINATURAGA O‘QISHGA QABUL QILISH 

E’LON! 2024/2025-o’quv yili Toshkent tibbiyot akademiyasi klinik ordinaturasi mutaxasisliklariga kirish uchun bo’lib o’tgan test sinov natijalari (kvotalar kesmida)

Tibbiyot va farmasevtika xodimlarining malakasini baholash markazi tomonidan o’tkazilgan test natijalari: TTA imtihon natijalari

Toshkent tibbiyot akademiyasi klinik ordinaturasi mutaxasisliklariga kirish uchun bo’lib o’tgan test sinov natijalarini quyida yuklab olishingiz mumkin.

Erkin o’rinlar

Maqsadli o’rinlar

Klinik ordinatura farmoyish: 2024 Klinik ordinatura farmoyish

 

Hurmatli hujjat topshirgan talabgorlar!!!

Klinik ordinatura (rezidentura) test sinovida qatnashish uchun taqdim etiladigan RUXSATNOMA ni quyidagi sayt manzilidan yuklab olishingizni ma’lum qilamiz:

https://tmbm.ssv.uz/site/permission

‼️ DIQQAT, eslatma! Test sinovlariga kirish shu yil 24-26 avgust kunlari soat 7:00 da boshlanib, talabgorlardan tmbm.ssv.uz saytidan yuklab olingan ruxsatnoma va o‘z shaxsini tasdiqlovchi hujjatning asli bilan imtihon manzillariga imtihon boshlanishidan kamida 1 soat oldin yetib kelishlari so‘raladi.

🚫 Kirish imtihonlariga hujjat topshirmagan, imtihonga kechikkan yoki kelmagan talabgorlar uchun qo‘shimcha tanlov o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmaydi.

 

 


2024/2025 o‘quv yilida tibbiy oliy ta’lim va ilmiy muassasalari va viloyatlar bo‘yicha klinik ordinatura (rezidentura) mutaxassisliklarida o‘qitish uchun o‘rinlar soni Kvota 2024-2025

Klinik ordinatura (rezidentura) orqali tibbiyot kadrlarni 2024/2025 o‘quv yilida tayyorlash bo‘yicha mutaxassisliklari va ularga
muvofiq keluvchi bakalavriat ta’lim yunalishlari ro‘yxati Ta’lim yo’nalishlari mosligi

 Klinik ordinaturaga kirish uchun bir vaqtning o‘zida bir nechta muassasada tanlovda qatnashish ta’qiqlanadi

(Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 18 dekabrdagi 319-son Qarorining 2-ilovasi 16-punkt)  319-son qaror

Hurmatli hujjat topshirgan talabgorlar!!!

Agar hujjatlaringizni yuklaganingizdan keyin sizga ish vaqtida 2 soat davomida hujjatlaringizni qabul qilinganligi haqida qo‘ng‘iroq qilishmasa yuqorida ko‘rsatilgan raqamlarga telefon qilinglar!!! (sizning yuklagan hujjatlaringizni birortasi 2 mb dan ortiq bo’lsa hujjatlaringiz tizimda ko’rinmaydi va sizning hujjatlaringiz qabul bo’lmaydi. Shuning uchun iltimos hujjat topshirgandan keyin 2 soat davomida qo’ng’iroq bo’lmasa biz bilan bog’laning)  

 

TTA klinik ordinaturaga qabul qilinganlar 3-TTJ 1-qavatda klinik ordinatura bo’limiga uchrashishlari mumkin.

Klinik ordinaturaga qabul qilinganlar hujjatlarini topshirishlari uchun quyidagi raqamlarga ish vaqtida murojaat qilishingiz mumkin: +998 90 331 12 24;  +998 77 462 07 00

TTA klinik ordinaturasiga qabul qilinganlarga o’qish 2024 yil 9-sentabrdan boshlanadi. 

Translate: Eng Рус