O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentyabrdagi 578-son qaroriga muvofiq, Toshkent davlat tibbiyot universiteti magistratura yo‘nalishlari bo‘yicha qo‘shimcha tabaqalashtirilgan shartnoma asosida hujjatlar qabuli tanlov asosida joriy yilning 25-oktabridan 5-noyabrigacha amalga oshiriladi:
Bunda:
- Talabgorlar faqat dastlabki tanlovda ishtirok etgan magistratura yo‘nalishlariga ariza topshirishlari mumkin.
- Dastabki tanlangan yo‘nalishni o‘zgartirishga ruxsat berilmaydi.
- Magistratura qo‘shimcha qabul uchun tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt miqdori amalda belgilangan bazaviy to‘lov-kontrakt miqdoriga nisbatan
2 baravar etib belgilangan. - Belgilangan to‘lov-kontrakt miqdori faqat talaba tomonidan va butun o‘qish muddati davomida to‘lanishi lozim.
- Magistraturaga o‘qishga kirish uchun birinchi o‘quv yili uchun to‘lov-kontrakt summasining kamida 50 foizi miqdorida bir martalik to‘lovi talab qilinadi.
Talabgorlarning tegishli hujjatlar ish kunlarida soat 14:30 dan 17:00gacha Toshkent davlat tibbiyot universiteti magistratura va ordinatura bo‘limida qabul
qilinadi.
(https://maps.app.goo.gl/kdRpkpHpA3dyTsb88)
Kerakli hujjatlar:
- Ariza
- 1 ta papka-skorosshivatel
- 3 ta bittalik fayl
- Diplom va diplom ilovasi (nusxasi)
- Ichki pasport/ID karta (asl nusxasi va nusxasi)
Magistratura qabuliga mas’ul xodimlarning telefon raqamlari:
+99899-397-9550
+99894-350-0550

