Avval e’lon qilinganidek Toshkent davlat tibbiyot universitetiga 2025/2026 o’quv yili uchun klinik ordinaturaga qo’shimcha qabul jarayonlari boshlangan edi. Tegishli hujjatlarni topshirish jarayonlari 2 kundan so’ng, 10-oktabr kuni(shu kuni ham hujjatlar qabul qilinadi) o’z yakuniga yetadi. Barcha talabgorlardan tegishli hujjatlarni kechikmasdan to’liq holatda topshirishlari so’raladi.
2025-yil 10-oktabrdan keyin hujjat topshirganlarning hujjatlari ko’rib chiqilmaydi va qabul qilinmaydi !
ESLATMA!
Talabgorlarning tegishli hujjatlar ish kunlarida soat 14:00 dan 18:00gacha faqat Toshkent davlat tibbiyot universiteti Qabul komissiyasining Maslahat markazida qabul qilinadi (Bosh kampus, Call markazning 2-qavatida joylashgan).
Manzil havolasi: https://maps.app.goo.gl/3BXfKcga1FGRMrZy8
Murojaat uchun «Call markaz»:
+998954754501
+998954754502
+998954754503
+998954754504
Mas’ul xodimning raqami:
+998901310379