Toshkent davlat tibbiyot universitetining 2025/2026-oʻquv yilida birlamchi maqsadli ixtisoslashtirish kurslari (internatura)ga o‘qishga kirish uchun hujjatlar 2025-yil 15-sentyabrgacha (shu kuni ham) onlayn tarzda Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining malakasini baholash markazining medtoifa.ssv.uz axborot tizimi orqali qabul qilinadi.
Axborot tizimidagi soʻrovnoma talabgorning oʻzi tomonidan toʻldiriladi. Bunda:
– Oliy ma’lumot toʻgʻrisidagi hujjat (yoki diplomdan koʻchirma – Oʻzbekiston respublikasi oliy taʻlim muassasalarini grant boʻyicha oʻqib tugatganlar uchun) hamda unga ilova;
– Qonunchilik hujjatlariga muvofiq oʻqishga kirishda imtiyoz beruvchi hujjat (agar boʻlsa).
Sog‘liqni saqlash vazirligigning tegishli buyrug‘iga asosan tanlov oʻtkazish tadbirlarini bajarish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash maqsadida birlamchi maqsadli ixtisoslashtirish kurslari (internatura)ga tanlovda ishtirok etish xohishini bildirgan talabgor Toshkent davlat tibbiyot universiteti hisob raqamiga bazaviy hisoblash miqdorining yarim barobari miqdorida toʻlov toʻlashlari shart boʻladi.
Birlamchi maqsadli ixtisoslashtirish kurslari (internatura)ga oʻqishga qabul qilish bir bosqichli tanlangan mutaxassislikka mos ravishda tegishli bakalavriat taʻlim yoʻnalishlari fanlari negizida kirish sinov imtihonlari Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining malakasini baholash markazi tomonidan amalga oshiriladi;
Toshkent davlat tibbiyot universitetiga qabul Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining rejasiga binoan tegishli buyruqlarga asosan qabul qilinadi.
Buyruq №241 04.08.2025
2025/2026-oʻquv yilida tibbiy oliy ta’lim va ilmiy muassasalari va viloyatlar boʻyicha birlamchi maqsadli ixtisoslashtirish kurslari (internatura) mutaxassisliklarida oʻqitish uchun oʻrinlar sonini quyidagi havola orqali ko‘rishingiz mumkin.
Birlamchi maqsadli ixtisoslashtirish kurslari (internatura) orqali tibbiyot kadrlarni 2025/2026-oʻquv yilida tayyorlash boʻyicha mutaxassisliklari va ularga
muvofiq keluvchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari roʻyxatini quyidagi havola orqali ko‘rishingiz mumkin.
Murojaat uchun “Call markaz”:
+998 95 475 45 01
+998 95 475 45 02
+998 95 475 45 03
+998 95 475 45 04
+998 90 131 03 79
+998 90 371 99 95
Barcha talabgorlarga muffaqiyatlar tilaymiz!