Qabul 2025! Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomtligi texnikumi bitiruvchilari diqqatiga!

Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomtligi texnikumlarini muvaffaqiyatli bitirgan hamda Toshkent davlat tibbiyot universitetiga 2-bosqichdan o‘qish uchun Suhbatga hujjat topshirgan talabgorlarning 1-guruhlariga Suhbat 11-avgust 9:00 dan boshlanadi.

Qolgan barcha guruhlarning Suhbat kuni va aniq vaqti haqidagi ma’lumotlar Jamoat salomtligi texnikumlari bitiruvchlarning shaxsiy kabinetida ko‘rsatilgan.

Suhbat Toshkent davlat tibbiyot universitetining Bosh oʻquv kampusida bo‘lib o‘tadi. Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Allomalar koʻchasi, 22.

9-avgust kuni 11.00da quyidagi havola orqali Suhbat o‘tkazilishi bilan bog‘liq bo‘lgan jarayonlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar Toshkent davlat tibbiyot universiteti Qabul komissiyasining mas’ul xodimlari tomonidan beriladi:

https://us02web.zoom.us/j/82830492368?pwd=EnmiSK6F3AMu5q6Zww5641WrhAkg8Q.1

Barcha talabgorlarga omad tilaymiz!

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.