Avval Toshkent davlat tibbiyot universiteti rasmiy telegram kanalida e’lon qilinganidek, Suhbat jarayonlaridan muvafaqqiyatli o’tgan, barcha kerakli hujjatlarni yuklagan va RMITTU tomonidan tasdiq olgan talabgorlarga ertaga 8-avgust 2025-yil kuni soat 11:00 da N.I. Pirogov nomidagi Rossiya milliy ilmiy-tadqiqot tibbiyot universiteti (Moskva shahri) ordinatura bosqichiga test imtihonlari bo’lib o’tadi (manzil: ToshDTU Pediatriya kampusi (Bog‘ishamol ko‘chasi 223-uy, Simulyatsion markaz binosi))
Barcha talabgorlar test imtihoniga xorijga chiqish pasportlari bilan kelishlari shart!
Universitetning qabul komissiyasi barcha talabgorlarga muvaffaqiyat tilaydi!