Hurmatli texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar!
Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomtligi texnikumlarini muvaffaqiyatli tamomlagan va Toshkent tibbiyot akademiyasiga hujjat topshirgan bitiruvchilarga Suhbat joriy yil 12-avgustdan 21-avgust sanasiga qadar o‘tkaziladi.
Har bir guruh uchun Suhbatning aniq sanasi, vaqti va joyi bitiruvchining shaxsiy kabinetida ko‘rinadi.
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-yanvardagi 17-son qaroriga ilova qilingan “Texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga Suhbat asosida o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 2-bob 10-bandiga muvofiq, bitiruvchilar tomonidan topshirilgan hujjatlarning qalbakiligi aniqlanganda, ular Suhbatdan (talabalikka qabul qilingandan keyin aniqlansa, talabalar safidan) chetlashtiriladi hamda hujjatlari belgilangan tartibda huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlarga yuboriladi.
Uzrli sabablarga ko‘ra (kasalligi yoki oila a’zolarining vafot etganligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etganda) belgilangan muddatda Suhbatga kelmagan bitiruvchilarga Suhbat o‘tkaziladigan sanadan uch kundan kechikmay Qabul komissiyasiga murojaat etishi lozim. Mazkur toifadagi bitiruvchilar uchun qo‘shimcha Suhbat 25-avgustga qadar o‘tkaziladi.
Suhbat jarayonida quyidagi mavzular bo‘yicha bittadan jami to‘rtta savol beriladi:
- O‘zbekistonda Sog‘liqni saqlash sohasiga oid amalga oshirilayotgan islohotlar (Sog‘liqni saqlash tizimini yanada takomillashtirish, tibbiy xizmat sifati va samaradorligini oshirish, aholi salomatligini mustahkamlash, sifatli dori-darmon bilan ta’minlash borasidagi islohotlar va boshqalar) mohiyati va ahamiyatini tushunish;
- Sog‘liqni saqlash yo‘nalishini tanlashda motivatsiyalarni anglash (tibbiyot xodimiga quyilgan talablar, tibbiyot kasbining mohiyati va ijtimoiy ahamiyatini anglash, tibbiyot kasbiga bo‘lgan fidoyilik va boshqalar);
- Sog‘liqni saqlash xodimining shaxsiy-kasbiy xususiyatlarini tushunish (o‘qishga bo‘lgan qobiliyati, kasbiy vazifalarni hal qilishda amaliy faoliyati, intizomlilik, hamjihatlik, mas’uliyatlilik, qaror qabul qilishda mustaqillik darajasi, shaxsiy yutuqlarining mavjudligi, shuningdek, o‘z ustida ishlash va ijodkorlik qobiliyatlari va boshqalar);
- Stomatologiya, Davolash ishi, Pediatriya ishi, Tibbiy biologik ish, Tibbiy profilaktika ishi, Xalq tabobati, Farmatsiya, Oliy hamshiralik ishi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha bilim va kasbiy ko‘nikmalariga ega ekanligini aniqlash.
Suhbat jarayonlari bo‘yicha Baholash Mezoni Toshkent tibbiyot akademiyasi tomonidan ishlab chiqilib, tasdiqlandi. Mezon bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin: 2024 Baholash mezoni