Tibbiy biologiya ishi

TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI TIBBIY BIOLOGIYA TA’LIM YO‘NALISHI

Tibbiy biologiya yo‘nalishi: 2016 yil tashkil etilgan bio1

Ta’lim yo‘nalishi: 5510900 – Tibbiy biologiya ishi

O‘qish shakli: kunduzgi

O‘qish muddati: 4 yil

Mutaxassisligi: fundamental tibbiyot

Maqsad tibbiy ta’lim muassasalari, ilmiy tadqiqot institutlari, ilmiy ixtisoslashtirilgan markazlar va boshqa tibbiy muassasalarda fundamental va amaliy muammolarni hal etish uchun ilmiy-tadqiqot va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash


Tibbiy biologiya ishi  bakalavriat ta’lim yo’nalishini bitirgandan so‘ng ishlashi mumkin bo‘lgan mutaxassisliklar

– Tibbiyot kollejlarida umumtibbiy fanlar bo’yicha o‘qituvchi (mikrobiologiya, normal anatomiya, patologik anatomiya, normal fiziologiya, patologik fiziologiya, gistologiya).

– Vrach laborant – sog’liqni saqlash tizimida, sanatoriyalarda, ayrim tashkilot va vazirliklar tarkibidagi tibbiy sanitariya bo‘limlari, sport – sog‘lomlashtirish komplekslarida.bio2

Quyidagi yo‘nalishlar bo’yicha: 

  • -Klinik laboratoriya diagnostikasi
  • -Klinik-bioximik laboratoriya diagnostikasi
  • -Sitologik diagnostika biopsiyali mikroskopik diagnostika bilan
  • -Immunogistoximik diagnostika
  • -Immunobiologik va immunoferment diagnostika
  • -Serologik diagnostika
  • -PZR diagnostika
  • -Toksikologik laborator tekshirishlar
  • -Sud–tibbiyoti ekspertizasida laboratoriya ishi
  • -Tibbiy statistika

Tibbiy biologiya ta’lim yo‘nalishi bitiruvchilari shifokorlik amaliyoti bilan shug‘ullanishga haqli emas!



TIBBIY-PROFILAKTIKA FAKULTETI tarkibida
(Tibbiy-biologiya ishi)

  1. Fakultetning qisqacha tarixi.

1920 yilda  Toshkent shahrida Turkiston Davlat Universiteti tashkil etilgan bo‘lib Universitet tarkibida tibbiyot fakulteti ham bo‘lgan.  1931 yilga kelib fakultet O‘rta Osiyo tibbiyot instituti nomi bilan Universtitet tarkibidan ajralib chiqadi va 1935 yilda Toshkent tibbiyot instituti deb qayta nomlanadi. Institut tarkibida quyidagi to‘rt fakultet bo‘lgan: davolash-profilaktika, onalik va bolalikni himoya qilish, sanitariya-profilaktika va stomatologiya fakultetlari. 1933 yildan sanitariya-profilaktika fakulteti sanitariya-gigiena fakulteti deb qayta nomlangan. 1992 yildan hozirgi vaqtgacha tibbiy profilaktika fakulteti deb yuritiladi.

Toshkent tibbiyot akademiyasi tibbiy profilaktika fakulteti tibbiy fanlarning rivojlanishiga va kadrlar tayyorlash bo‘yicha nafaqat O‘zbekistonda balki O‘rta Osiyo Davlatlarida ham katta yutuqlarga erishgan. Tibbiyotning turli yo‘nalishlarida faoliyat ko‘rsatgan akademik Turakulov Ya.X., professorlar Zairov K.S., Smetanin N.N., Kovaleva ye.P., Gusev M.I., Izmerov N.F., Ubaydullaev A.X., Chichenin P.I., akademik Iskandarov T.I. va boshqalar ushbu fakultetning tarbiyalanuvchilari hisoblanadi.

Fakultetga asos solingan vaqtidan boshlab uning dekani sifatida Krыjenkov A.N., Georgievskiy A.V., Kampansev N.N., Shtiben V.D., Dixtyar S.R., Akovbyan A.A., Vvedenskiy D.A., Zaxidov A.Z., Babadjanov S.N., Madjidov V.M., Maxmudov O.S., Abduraximov F.G., Magzumov B.X., Demidenko N.M., Tashxodjaev P.I., Katsenovich L.A., Parpiev O.P., Xakimov A.X., Shakirov E.A., Baxritdinov Sh.S., Mirsharapov U.M., Mirtazaev O.M., Zufarov P.S., Nuruzova Z.A., Salomova F.I. faoliyat yuritganlar. Fakultetni 2016 yil 2-sentyabrdan t.f.d. Kulmanova M.U. boshqarib kelmoqda.

  1. Fakultetda faoliyat olib borayotgan professor-o‘qituvchilar

Tibbiy profilaktika fakultetiga biriktirilgan 11 kafedra va 1 ta ilmiy maktabda 137 nafar oliy malakali mutahassislar: 21 nafar professorlar, 34 nafar dotsentlar, 82 nafar katta o‘qituvchilar va assistentlar mehnat qilib kelmoqdalar.

  1. Fakultetda tahsil olayotgan talabalar

Tibbiy profilaktika fakultetida tibbiy profilaktika ishi bo‘yicha 525 nafar (325 nafar o‘g‘il va 200 nafar qiz) va tibbiy biologiya yo‘nalishida 50 nafar (20 nafar o‘g‘il va 30 nafar qiz), jami 575 nafar talaba taxsil olmoqda.

  1. Talabalarga qo‘yilgan talab

Toshkent tibbiyot akademiyasida taxsil olayotgan har bir talabaga zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanishni bilishi va chet tillarini mukammal o‘rganishlari tibbiyot akademiyasiga qabul qilingan birinchi kunidan boshlab talab qilinadi. Agar talabalar ushbu talablarga javob bermasa kelajak ishlarida (yetuk bilimli mutaxassis bo‘lishi, ilmiy ishlar olib borishi hamda chet ellarda malaka oshirish) yutuqlarga erisha olmaydi.

  1. Agar talabalarda akademik qarzdorlik mavjud bo‘lsa?

Sababsiz 72 soat dars qoldirgan qarzdor talabalar talabalik safidan chetlashtiriladi. Kasallik tufayli qarzdor bo‘lgan talabalar esa belgilangan hujjatlarni tavsiya qilganlaridan so‘ng o‘rnatilgan grafik asosida akademik qarzdorliklarini bartaraf qilishadi. Semestr davomida har bir fandan 3 va undan ortiq sababsiz dars qoldirgan, yakuniy nazoratlar (OSKI va test)ni qoniqarsiz baholarda topshirgan  talabalar akademik qarzdor talaba hisoblanib, ular akademik qarzdorligini semestrdan tashqari belgilangan grafik asosida qayta topshirishadi va akademik qarzdorlik sodir bo‘lgan semestrni oxirgi oy stipendiyasidan mahrum qilinadi.

  1. O‘quv yili davomiyligi

Tibbiy biologiya mutaxasssisligi bo‘yicha o‘qish davomiyligi 4 yil.

  1. O‘qishning maqsadi.

Tibbiy biologiya yo‘nalishi: tibbiy ta’lim muassasalari, ilmiy tadqiqot institutlari, ilmiy ixtisoslashgan markazlar va boshqa tibbiy muassasalarda fundamental va amaliy  muammolarni hal etish uchun ilmiy – tadqiqot va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash.

  1. O‘qishni tugatgandan so‘ng bitiruvchilarning sohasi

Tibbiy biologiya yo‘nalishi: vrach laborant

  1. Tibbiyot akademiyasini tugatgan talabalar ish joylari

Tibbiy biologiya yo‘nalishi: Tibbiyot kollejlarida umumtibbiy fanlar bo‘yicha o‘qituvchi (mikrobiologiya, normal anatomiya, patologik anatomiya, normal fiziologiya, patologik fiziologiya, gistologiya).

 

Translate: Eng Рус