Bakalavriat

Xalqaro qo‘shma taʼlim dasturida o‘qishni istaganlar uchun

Xalqaro qo‘shma taʼlim dasturida o‘qishni, va bir vaqtning o‘zida ikkita diplom olishni xohlaysizmi?

Sizni «Davolash ishi» qo‘shma taʼlim dasturi bo‘yicha Toshkent tibbiyot akademiyasi va Qozon davlat tibbiyot universitetining talabasi bo‘lishga taklif qilamiz. O‘qitish 3+3 mexanizmi bo‘yicha olib boriladi (Toshkent tibbiyot akademiyasida 3 yillik hamda Qozon davlat tibbiyot universitetida 3 yil o‘qish).

Ushbu dastur bo‘yicha o‘qitish natijalariga ko‘ra Toshkent tibbiyot akademiyasi va Qozon davlat tibbiyot universitetining diplomlari (2 ta diplom) beriladi.

Qo‘shma talim dasturi talabasi bo‘lishga shoshiling.

Translate: Eng Рус