TOSHKENT DAVLAT TIBBIYOT UNIVERSITETIGA 2025/2026-O‘QUV YILIDA MAGISTRATURA YO‘NALISHLARIGA QO‘SHIMCHA QABUL QILISH TARTIBI TO‘G‘RISIDA E’LON

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentyabrdagi 578-son qaroriga muvofiq, Toshkent davlat tibbiyot universiteti magistratura yo‘nalishlari bo‘yicha qo‘shimcha tabaqalashtirilgan shartnoma asosida hujjatlar qabuli tanlov asosida joriy yilning 25-oktabridan 5-noyabrigacha amalga oshiriladi:

Bunda:

  1. Talabgorlar faqat dastlabki tanlovda ishtirok etgan magistratura yo‘nalishlariga ariza topshirishlari mumkin.
  2. Dastabki tanlangan yo‘nalishni o‘zgartirishga ruxsat berilmaydi.
  3. Magistratura qo‘shimcha qabul uchun tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt miqdori amalda belgilangan bazaviy to‘lov-kontrakt miqdoriga nisbatan
    2 baravar etib belgilangan.
  4. Belgilangan to‘lov-kontrakt miqdori faqat talaba tomonidan va butun o‘qish muddati davomida to‘lanishi lozim.
  5. Magistraturaga o‘qishga kirish uchun birinchi o‘quv yili uchun to‘lov-kontrakt summasining kamida 50 foizi miqdorida bir martalik to‘lovi talab qilinadi.

Talabgorlarning tegishli hujjatlar ish kunlarida soat 14:30 dan 17:00gacha Toshkent davlat tibbiyot universiteti magistratura va ordinatura bo‘limida qabul
qilinadi.

(https://maps.app.goo.gl/kdRpkpHpA3dyTsb88)

Kerakli hujjatlar:

  1. Ariza
  2. 1 ta papka-skorosshivatel
  3. 3 ta bittalik fayl
  4. Diplom va diplom ilovasi (nusxasi)
  5. Ichki pasport/ID karta (asl nusxasi va nusxasi)

Magistratura qabuliga mas’ul xodimlarning telefon raqamlari:

+99899-397-9550

+99894-350-0550

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.