TOSHKENT DAVLAT TIBBIYOT UNIVERSITETIGA 2025/2026-O‘QUV YILIDA KLINIK ORDINATURASIGA QO‘SHIMCHA QABUL QILINGAN TALABGORLAR DIQQATIGA

Sog‘liqni saqlash vazirligining tibbiyot muassasalari Klinik ordinatura (rezidentura) mutaxassisliklariga qo‘shimcha qabul qilish to‘g‘risidagi 2025-yil 16-sentabrdagi 02-28/21487-son topshirig‘iga asosan, 2025/2026-oʻquv yilida Toshkent davlat tibbiyot universitetida klinik ordinaturaga qo‘shimcha qabul joriy yilning 10-oktabriga qadar amalga oshirildi.

Universitetning Klinik ordinatura (rezidentura) mutaxassisliklariga belgilangan muddatda qo‘shimcha qabulga hujjatlarini topshirgan talabgorlar uchun o‘quv jarayonlari joriy yilning 22-oktabridan topshirgan mutaxasssisliklariga muvofiq tegishli kampus va kafedralarda boshlanadi.

Talabgorlar biriktirilgan kafedralar bo‘yicha ma’lumotlarni kampuslarning ordinatura bo‘linmalaridan olishlari mumkin.

I blokka mas’ul – Qo‘chqorov Botirjon Akmaldinovich (Bosh kampus);

II blokka mas’ul – Rahmatullayev Adxam Abadbekovich (Pediatriya kampus)

III blokka mas’ul – To‘laganov Jamshid Shavkatovich (Stomatologiya kampus).

Barcha talabgorlar to‘lov kontrakt shartlarini joriy yilning 15-noyabriga (shu kuni ham) qadar amalga oshirishlari kerakligi eslatib o‘tiladi.

 

Murojaat uchun «Call markaz»:                 

+998954754501

+998954754503

+998954754506

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.