Qabul 2025! Klinik ordinaturaga imtihon kunlari va manzillari belgilandi

Sog’liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati rasmiy telegram kanali orqali bergan ma’lumotga ko’ra, talabgorlarga imtihonga kirish ruxsatnomasi shakllanganligi to‘g‘risida SMS-xabarnoma yuborildi.

➡️ Joriy yilning 26-29 avgust kunlari yurtimiz ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasalari, oliy tibbiy ta’lim o‘quv yurtlari va klinik ordinatorlarni o‘qitish vakolati berilgan xususiy klinikalari uchun klinik ordinaturaga qabul imtihonlari bo‘lib o‘tadi.

Imtihonlar quyidagi manzillarda o‘tkaziladi:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi uchun:
🏢 Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti asosiy binosi.
📍Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus shahri, A.Dosnazarov ko‘chasi, 108-uy.

Andijon, Namangan viloyatlari uchun:
🏢 Andijon davlat tibbiyot institutining asosiy binosi.
📍 Andijon shahri, Yu.Otabekov ko‘chasi, 1-uy.

Farg‘ona viloyati uchun:
🏢 Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti asosiy binosi.
📍Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahri, Ozodlik ko‘chasi, 1-uy.

Buxoro va Navoiy viloyatlari uchun:
🏢 Buxoro davlat tibbiyot institutining yangi binosi.
📍Buxoro shahri, G‘ijduvon ko‘chasi, 10-uy.

Xorazm viloyati uchun:
🏢 Urganch davlat tibbiyot instituti asosiy binosi.
📍Xorazm viloyati, Urganch shahri, Al-Xorazmiy ko‘chasi, 28-uy. 

Samarqand, Qashqadaryo viloyatlari uchun:
🏢 Samarqand davlat tibbiyot universiteti bosh binosi.
📍Samarqand shahri, Amir Temur ko‘chasi, 18-uy. 

Surxondaryo viloyati uchun:
🏢 Toshkent tibbiyot universitetining Termiz filiali bosh binosi.
📍Surxondaryo viloyati, Termiz shahri, Islom karimov ko‘chasi, 64-uy.

Toshkent shahri, Toshkent, Sirdaryo va Jizzax viloyatlari uchun:
🏢 Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining malakasini baholash markazi binosi.
📍Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Sultonali Mashhadiy ko‘chasi, 197- uy.

🔴DIQQAT! Eslatma! Test sinovlari soat 7:00 da boshlanib, talabgorlardan medtoifa.ssv.uz portalidagi shaxsiy kabinetidan yuklab olingan ruxsatnoma va o‘z shaxsini tasdiqlovchi hujjatning asli bilan imtihon manzillariga imtihon boshlanishidan kamida 30 minut (yarim soat) oldin yetib kelishlari so‘raladi.

Imtihonga kirish ruxsatnomasini Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining malakasini baholash markazi medtoifa.ssv.uz saytidagi kabinetingizdan olishingiz mumkin.

Kirish imtihonlariga hujjat topshirmagan, imtihonga kechikkan yoki kelmagan talabgorlar uchun qo‘shimcha tanlov o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmaydi!

Qabul komissiyasi talabgorlarga muvaffaqiyat tilaydi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.