ESLATMA! QABUL-2025! ERTAGA PIROGOV UNIVERSITETI ORDINATURA BOSQICHIGA TEST IMTIHONLARI BO’LIB O’TADI

Avval Toshkent davlat tibbiyot universiteti rasmiy telegram kanalida e’lon qilinganidek, Suhbat jarayonlaridan muvafaqqiyatli o’tgan, barcha kerakli hujjatlarni yuklagan va RMITTU tomonidan tasdiq olgan talabgorlarga ertaga 8-avgust 2025-yil kuni soat 11:00 da N.I. Pirogov nomidagi Rossiya milliy ilmiy-tadqiqot tibbiyot universiteti (Moskva shahri) ordinatura bosqichiga test imtihonlari bo’lib o’tadi (manzil: ToshDTU Pediatriya kampusi (Bog‘ishamol ko‘chasi 223-uy, Simulyatsion markaz binosi))

Barcha talabgorlar test imtihoniga xorijga chiqish pasportlari bilan kelishlari shart!

Universitetning qabul komissiyasi barcha talabgorlarga muvaffaqiyat tilaydi!

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.