Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli xatiga binoan bitiruvchilarga soha boʻyicha magistraturada oʻqishni davom ettirishlariga imkoniyat yaratish maqsadida “Menejment: sogʻliqni saqlash menejmenti” bakalavriat taʼlim yoʻnalishi bitiruvchilarining 2025/2026 oʻquv yili qabuli uchun davlat oliy taʼlim tashkilotlari magistraturasiga “70910231- Tibbiy sugʻurta ishi” va “70910215-Sogʻliqni saqlashni boshqarish va jamoat sogʻligini saqlash” mutaxassisliklari boʻyicha tanlovda ishtirok etishlariga hamda my.edu.uz (magistr.edu.uz) platformasi orqali roʻyxatdan oʻtishlariga istisno tariqasida ruxsat berildi.
Murojjat va qo’shimcha savollar yuzasidan Toshkent davlat tibbiyot universiteti Qabul komissiyasi «Call-markaz» telefon raqamlariga murojaat etishingiz mumkin:
+998954754501
+998954754502
+998954754503
+998954754504
+998954754506