Avval Toshkent davlat tibbiyot universiteti rasmiy telegram kanalida e’lon (https://t.me/tma_official/26464) qilinganidek N.I. Pirogov nomidagi Rossiya milliy ilmiy-tadqiqot tibbiyot universiteti (Moskva shahri) ordinatura bosqichiga hujjatlar qabul qilinishini e’lon qilgan edi. Ushbu jarayon yakunlanishiga qisqa fursatlar qoldi!
1. Rus tilini bilish darajasini aniqlash uchun suhbat:
Nomzodlar 2025-yil 25-iyul kuni bo‘lib o‘tadigan rus tili bo‘yicha suhbatdan o‘tishlari kerak. Suhbatga jarayonlarida qatnashish uchun yozilish quyidagi Telegram havolasi orqali amalga oshiriladi:
🔗 https://t.me/PriemRNIMUPirogova2025
2. Suhbatga yozilganingizdan so‘ng quyidagi hujjatlarni tayyorlab, notarial tasdiq bilan topshirish zarur:
a) Xorijga chiqish pasporti (tarjimasi va notarial tasdig‘i bilan);
b) Oliy ta’lim muassasasini tamomlaganlik diplomi va ilovasi (tarjimasi va notarial tasdig‘i bilan);
c) 086-shakldagi tibbiy ma’lumotnoma (tarjimasi va notarial tasdig‘i bilan);
d) OIV, B va C gepatitlari bo‘yicha analizlar, flyurografiya natijalari (hammasi tarjima va notarial tasdiq bilan);
e) Abituriyentning individual yutuqlarini tasdiqlovchi hujjatlar (agar mavjud bo‘lsa). Batafsil:
https://rsmu.ru/abitur/ordinat/sroki-mesta-i-pravila-podachi-dokumentov
3. Suhbatdan muvaffaqiyatli o‘tgan abituriyentlar quyidagi manzil orqali shaxsiy kabinetga kirib, barcha hujjatlarni yuklashlari kerak:
🔗 https://lka.rsmu.ru/
Eslatma: Elektron pochta manzili to‘g‘ri va faol bo‘lishi zarur. Hujjatlarni topshirish muddati: 2025-yil 6-avgustgacha.
Agar shaxsiy kabinetga hujjatlarni yuklash bo‘yicha savollar yuzaga kelsa, quyidagi manzilga murojaat qilish mumkin:
📍 ToshDTU Pediatriya kampusi (Bog‘ishamol ko‘chasi 223-uy, Simulyatsion markaz binosi).
4. Shaxsiy kabinetga hujjatlar muvaffaqiyatli yuklangani va imtihonga ruxsat berilganligi bo‘yicha savollar bo‘lsa, quyidagi qabul komissiyasi bilan bog‘laning:
🔗 https://rsmu.ru/abitur/admission-office
5. RMITTU talablariga ko’ra, birorta hujjatning yoki uning tarjimasining yo‘qligi hujjatlarni qabul qilishdan bosh tortish uchun asos bo‘ladi.
Barcha kerakli hujjatlarni yuklaganingizdan va RMITTU tomonidan tasdiq olganingizdan so‘ng, 8-avgust 2025-yil kuni ToshDTU Pediatriya kampusida test imtihonlari o‘tkaziladi.
Universitetning qabul komissiyasi barcha abituriyentlarga muvaffaqiyat tilaydi!