Hujjatlar qabuli: 2025-yil 15-iyuldan 15-avgustgacha
Hurmatli xorijiy abituriyentlar!
Toshkent davlat tibbiyot universiteti 2025/2026-o‘quv yili uchun rus va o‘zbek tillarida olib boriladigan bakalavriat ta’lim dasturlariga hujjatlar qabuli boshlanganini e’lon qiladi.
Qabulda rus yoki o‘zbek tilini erkin biladigan xorijiy fuqarolar ishtirok etishlari mumkin.
Kirish suhbati tanlangan ta’lim tilida (rus yoki o‘zbek) asosiy fanlar bo‘yicha onlayn shaklda, Zoom platformasi orqali o‘tkaziladi.
Suhbatda ishtirok etish uchun quyidagi hujjatlar to‘plamini topshirish talab etiladi:
— Ta’lim yo‘nalishi va tili ko‘rsatilgan ariza (namuna ilova qilingan);
— Abituriyentning manzili, telefon raqamlari, ota-onasining aloqa ma’lumotlari;
— Attestat/sertifikat yoki diplomning asl nusxasi baholari ko‘rsatilgan ilovasi bilan birga, rus yoki o‘zbek tiliga notarial tasdiqlangan tarjimasi;
— Milliy va xorijiy pasport (nusxalari bilan) yoki tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma; agar yashash guvohnomasi mavjud bo‘lsa, uning nusxasi ham taqdim etilishi shart.
To‘liq bo‘lmagan hujjatlar to‘plami ko‘rib chiqilmaydi.
📧 Hujjatlar quyidagi elektron pochta orqali qabul qilinadi:
enter.tsmu@gmail.com
❗️Diqqat! Yuqorida ko‘rsatilgan tillarni bilmaydigan shaxslarning arizalari ko‘rib chiqilmaydi.
MUHIM!
XORIJIY TALABALARNI INGLIZ TILIDAGI DASTURLARGA QABUL QILISH IYUL OYIDA REJALASHTIRILMAGAN!
INGLIZ TILDIA TA’LIM OLISHNI REJALASHTIRAYOTGAN XORIJIY FUQOROLAR UCHUN QABUL TARTIBI HAQIDA MA’LUMOT AVGUST OYIDA FAQAT UNIVERSITETNING RASMIY VEB-SAYTIDA E’LON QILINADI. YANGILIKLARNI KUZATIB BORING.
🔗 Qo‘shimcha ma’lumotlarni quyidagi Telegram orqali olishingiz mumkin:
@TashSMU_IF
Translate: Рус