Qabul 2025! Diqqat! Bugun ro‘yxatdan o‘tishning oxirgi kuni!

2025-yil 25-iyun — oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga hamda professional ta’lim muassasalariga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olishning so‘nggi kuni hisoblanadi.

📱 Abituriyentlar bugun, soat 23:59 ga qadar ro‘yxatdan o‘tishlari yoki (to‘lov amalga oshirilgan bo‘lsa ham) ma’lumotlariga o‘zgartirish kiritishlari mumkin. 26-iyundan boshlab ma’lumotlarni tahrirlash imkoniyati yopiladi.

🔔 Shu munosabat bilan abituriyentlarga quyidagilar tavsiya etiladi:

▪️ Ro‘yxatdan o‘tishni kechiktirmasdan, imkon qadar erta yakunlash;
▪️ Fanlar majmuasi (ketma-ketligi), ta’lim tili va test topshirish hududini tanlashda xatoliklarga yo‘l qo‘ymaslik;
▪️ Xalqaro sertifikatlarini tizimga imkon qadar ertaroq yuklash;
▪️ Test sinovi uchun to‘lovni o‘z vaqtida amalga oshirish (imtiyozga ega bo‘lganlar bundan mustasno);
▪️ Barcha kiritilgan ma’lumotlar va to‘lov holatini shaxsiy kabinet (qayd varaqasi) orqali tekshirib chiqish.

🌐 Ro‘yxatdan o‘tish havolasi: my.uzbmb.uz

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.