Qabul 2025! Abituriyentlar diqqatiga!

Hurmatli abituriyentlar!

📆 2025-yil 25-iyun — oliy ta’lim muassasalariga abituriyentlarni ro‘yxatga olishning so‘nggi kuni bo‘lib, 25-iyun kuni soat 23:59 da ro‘yxatdan o‘tish to‘liq yakunlanadi.

✅ Ro‘yxatdan o‘tishda fanlar majmuasi (fanlar ketma-ketligini inobatga olgan holda), ta’lim tili va test topshirish hududini tanlashda e’tiborli bo‘ling.

📱 25-iyun kuni soat 23:59 ga qadar barcha ma’lumotlaringizni o‘zgartirishingiz mumkin (to‘lov qilingan bo‘lsa ham). Lekin qabul yakunlangandan so‘ng ma’lumotlaringizni o‘zgartira olmaysiz !

❕ Shu sababli qabulning so‘nggi kunlarini kutmasdan ertaroq ro‘yxatdan o‘tishni, tanlov qilishda e’tiborli bo‘lishni, ma’lumotlaringizni va to‘lov amalga oshirilganini shaxsiy kabinetingizdan tekshirib olishni tavsiya qilamiz.

🌐 Ro‘yxatdan o‘tish uchun sayt manzili: my.uzbmb.uz

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.