TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASIGA 2024/2025 O‘QUV YILIDA KLINIK ORDINATURAGA QO‘SHIMCHA QABUL QILISH YAKUNLANDI

Avval e’lon qilinganidek, Sog‘liqni saqlash vazirligining “Klinik ordinatura (rezidentura) mutaxassisliklari boʻyicha  respublika miqyosida ehtiyoj mavjud boʻlgan vakansiyalarni toʻldirish maqsadida viloyatlarda ishlash istagini bildirgan talabgorlarni oʻqishga qabul qilish yuzasidan” tegishli xatiga ko‘ra  Surxondaryo,  Qashqadaryo,  Jizzax,  Sirdaryo  va  Toshkent  viloyatlaridagi mutaxassislarga boʻlgan ehtiyoj  hamda  davolash  profilaktika  muassasalarida  mavjud vakant oʻrinlarni toʻldirish maqsadida, 2024-2025 oʻquv yilida Toshkent tibbiyot akademiyasi klinik ordinaturasi qabul sinovlarida  ishtirok  etgan  va  eng  yuqori  ballarning  kamida  30  foizini  toʻplagan nomzodlarni 2024/2025  oʻquv yilida klinik ordinatura qabul sinovlarida ishtirok etgan va Surxondaryo, Qashqadaryo, Jizzax,  Sirdaryo  va  Toshkent  viloyatlari  davolash  profilaktika  muassasalarida  ishlash istagini  bildirgan  talabgorlar uchun arizalarni qabul qilishning ohirgi kuni joriy yilning 25-sentyabr sanasi etib belgilangan edi. Shu munosabat bilan qabul jarayonlari o’z nihoyasiga yetganini ma’lum qilamiz, hamda Surxondaryo, Qashqadaryo, Jizzax, Sirdaryo va Toshkent viloyatlaridagi davolash profilaktika muassasalarida ishlash istagini bildirgan 2024/2025 oʻquv yilida oʻqishga qabul qilingan barcha klinik ordinatorlardan oʻqish jarayonlariga puxta tayyorgarlik ko’rishlarini so’rab qolamiz.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.