Sog‘liqni saqlash vazirligining “Klinik ordinatura (rezidentura) mutaxassisliklari boʻyicha respublika miqyosida ehtiyoj mavjud boʻlgan vakansiyalarni toʻldirish maqsadida viloyatlarda ishlash istagini bildirgan talabgorlarni oʻqishga qabul qilish yuzasidan” tegishli xatiga ko‘ra Surxondaryo, Qashqadaryo, Jizzax, Sirdaryo va Toshkent viloyatlaridagi mutaxassislarga boʻlgan ehtiyoj hamda davolash profilaktika muassasalarida mavjud vakant oʻrinlarni toʻldirish maqsadida, 2024-2025 oʻquv yilida Toshkent tibbiyot akademiyasi klinik ordinaturasi qabul sinovlarida ishtirok etgan va eng yuqori ballarning kamida 30 foizini toʻplagan nomzodlarni 2024/2025 oʻquv yilida klinik ordinatura qabul sinovlarida ishtirok etgan va Surxondaryo, Qashqadaryo, Jizzax, Sirdaryo va Toshkent viloyatlari davolash profilaktika muassasalarida ishlash istagini bildirgan talabgorlar qabul qilinadi:
Bunda,
- talabgor mumkin boʻlgan eng yuqori balning kamida 30 foizini toʻplagan boʻlishi;
- respublika miqyosida ehtiyoj mavjud boʻlgan vakansiyalarni toʻldirish maqsadida viloyatlarda ishlash istagini bildirganlik toʻgʻrisida ariza;
- ish beruvchi tashkilot, talabgor va taʼlim tashkiloti bilan tuzilgan uch tomonlama shartnoma taqdim etilishi lozim.
Arizalar qabuli oflayn tarzda 2024-yil 25-sentabrgacha davom etadi.
Murojaat uchun Akademiya «Call markaz»:
+998954754501
+998954754502
+998954754503
+998954754504