Hurmatli Toshkent tibbiyot akademiyasi bitiruvchilari!
N.I.Pirogov nomidagi Rossiya milliy tadqiqot tibbiyot universiteti (RMTTU) ordinaturasiga qabul boshlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining tegishli buyrug‘iga binoan, 2024/2025-o‘quv yili RMTTU ordinatura tanlovida yuqori ball olib o‘qishga qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining 35 nafar fuqarosi uchun Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Jamg‘arma hisobidan borish-kelish aviachiptasi (bir martalik), kunlik safar xarajatlari hamda o‘qish to‘lov kontrakt summasi qoplanadi.
RMTTU ordinatura mutaxassisliklariga o‘qishga kirish istagini bildirgan bitiruvchilar Akademiya tomonidan tashkillashtirilgan rus tilida dastlabki tanlov (suhbat)dan o‘tkaziladi. Akademiyada dastlabki tanlov (suhbat) 2024-yil 27-iyulda bo‘lib o‘tadi.
So‘ngra, dastlabki tanlov (suhbat)dan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar keyingi bosqichdagi onlayn testda ishtirok etish uchun RMTTUning platformasidagi (https://lka.rsmu.ru/) shaxsiy kabinetida quyidagi hujjatlarni yuklashi kerak:
- Xalqaro pasport nusxasi, rus tiliga tarjimaga qilingan va notariusda tasdiqlangan;
- Tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma (metrika);
- Ta’lim to‘risidagi diplomlar va ilovalari rus tiliga tarjima qilingan va notraiusda tasdiqlangan;
- Tibbiy ma’lumotnoma rus tiliga tarjima qilingan va notariusda tasdiqlangan;
- OITS, gepatit B va C analizlari natijalari rus tiliga tarjima qilingan va notariusda tasdiqlangan;
- Ko‘krak qafasi flyuorografiyasi yoki obzor rentgenografiyasi natijalari rus tiliga tarjima qilingan va notariusda tasdiqlangan.
Talabgorlarga 2 ta mutaxassislikka topshirish huquqi beriladi.
Shaxsiy hujjatlarni yuklashning oxirgi muddati – 8 avgust.
Hujjatlarini shaxsiy kabinetiga muvaffaqiyatli yuklagan va RMTTU tomonidan tasdiqlovni olgan talabgorlar ToshPTI hududida markazlashtirilgan test sinovlarida ishtirok etadi.
Qo‘shimcha savollar uchun Akademiyaning mas’ul xodimi Xurramov Abror Rustamovichga (+998 99 889 81 01) bog‘lanishingiz mumkin.