KLINIK ORDINATURAGA O‘QISHGA QABUL QILISH BOSHLANMOQDA

2023/2024 O‘QUV YILIDA TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI KLINIK ORDINATURASIGA O‘QISHGA QABUL QILISH BOSHLANDI

Toshkent tibbiyot akademiyasida 2023/2024 o‘quv yilida klinik ordinaturaga hujjatlar 2023-yil  22-avgustgacha (shu kuni ham)  bevosita va onlayn (quyida keltirilgan) tarzda qabul qilinadi.

Topshiriladigan hujjatlar ro‘yxati:

  • Klinik ordinatura (rezidentura) mutaxassisligi ko‘rsatilgan holda TTA rektori nomiga ariza
  • Oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat (yoki diplomdan ko‘chirma – O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim muassasalarini grant bo‘yicha o‘qib tugatganlar uchun) hamda unga ilova
  • 086-U-shaklidagi tibbiy ma’lumotnoma
  • Qonunchilik hujjatlariga muvofiq o‘qishga kirishda imtiyoz beruvchi hujjat

Toshkent tibbiyot akademiyasida mutaxassislik  bo‘yicha kirish imtixonlari 2023 yil 24-26 avgust sanalarida  o‘tkaziladi.

Murojaat uchun «Coll-center»:          +998954754501

Toshkent tibbiyot akademiyasi klinik ordinaturasiga qabul O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining rejasiga binoan tegishli buyruqlarga asosan qabul qilinadi.  Buyruq  26.07.2023 Buyryq № 179

2023/2024 o‘quv yilida Toshkent tibbiyot akademiyasida klinik ordinatura (rezidentura) mutaxassisliklarida o‘qitish uchun o‘rinlar soni va ta’lim yo‘nalishlari mosligi qabul-klinik ordinatura bo‘limida batafsil ko‘rsatib o‘tilgan.

Klinik ordinaturani grant  yoki maqsadli kvota  (grant yoki kontrakt)  asosida o‘qishni tugatgan, ammo 3 yil ishlab bermagan  shifokorlar  klinik ordinaturaga o‘qishga qayta qabul qilinmaydi!

Chet el fuqarolari klinik ordinaturaga suhbat orqali qabul qilinadi va hujjatlar qabuli  bo‘yicha  TTA Xalqaro fakultetiga murojaat qilinadi:

Telefon: +998954754506

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.