Toshkent tibbiyot akademiyasining yuqumli va bolalar yuqumli kasalliklari kafedrasi xodimlari Sizlarni bakalavriatura ta’lim bosqichini muvaffaqiyatli yakunlaganingiz bilan chin qalbdan tabriklaymiz!
Hozir sizlarning oldingizda yana bir muhim tanlov turibdi – tor mutaxasislikni tanlash. Xabaringiz bor tor mutaxassislik Oliy ta’limning ikkinchi bosqichi – magistratura bochqichida o‘qiladi.
Toshkent tibbiyot akademiyasining Yuqumli va bolalar yuqumli kasalliklari kafedrasi xodimlari sizlarni kafedramizdagi “Yuqumli kasalliklar” va “Bolalar yuqumli kasalliklari” magistratura yo‘nalishlariga o‘qishga taklif qilamiz!
“Yuqumli kasalliklar” va “Bolalar yuqumli kasalliklari” magistratura yo‘nalishlarida ta’lim davomiyligi 3 yil bo‘lib, 2022/2023 o‘quv yili uchun ikkala magistratura yo‘nalishiga jami 24 ta davlat granti o‘rinlari ajratilgan. Eslatib o‘tamiz o‘qishga qabul qilish uchun faqatgina diplom ballingiz va xorijiy tilni bilish darajasi bo‘yicha tegishli sertifikat bali inobatga olinadi.
“Yuqumli kasalliklar” va “Bolalar yuqumli kasalliklari” magistratura yo‘nalishlarida quyida keltirilgan fakultetlarni bitirgan talabalar tahsil olishlari mumkin:
– Davolash fakulteti;
– Kasbiy ta’lim (davolash ishi) (tibbiy-pedagogika fakulteti);
– Pediatriya fakulteti.
Bizning kafedra Toshkent tibbiyot akademiyasidagi eng katta (27 nafar pedagog) va ilmiy salohiyati yuqori (71,0%) bo‘lgan kafedralardan biridir.
Amaliy mashg‘ulotlar va klinik rotatsiyalar quyidagi bazalarda olib boriladi:
– Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy amaliy tibbiyot markazi qoshidagi klinikada;
– Toshkent tibbiyot akademiyasi 3-klinikasining yuqumli kasalliklar bo‘limlarida (avvalgi Eski ToshMI);
– Toshkent shahar OITSga qarshi kurash markazida;
– Shahar 1-son yuqumli kasalliklar klinik shifoxonasi;
– Shahar 3-son yuqumli kasalliklar klinik shifoxonasi;
– Shahar 4-son yuqumli kasalliklar klinik shifoxonasi.
“Yuqumli kasalliklar” yo‘nalishi magistratura dasturi direktori – tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent Karimova M.T. Moderatorlar: tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent Abidov A.B. va tibbiyot fanlari nomzodi, assistent Dolimov T.K.
“Bolalar yuqumli kasalliklar” yo‘nalishi magistratura dasturi direktori – tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent Shukurov B.V. Moderator: katta o‘qituvchi Aladova L.Yu.
3 yil davomida sizlar kafedramiz mudiri, tibbiyot fanlari doktori, professor Tuychiev L.N., kafedramiz professori, tibbiyot fanlari doktori Axmedova M.D. ma’ruzalarini tinglashingiz va sizni qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishingiz mumkin bo‘ladi. Shuningdek kafedramiz professor/o‘qituvchilari rahbarligi ostida magistrlik ilmiy dissertatsiyasini amalga oshirasizlar.
Qo‘shimcha ma’lumot uchun kafedra sayti https://infections.tma.uz/uz/ va telefonlar:
+998-94-619-45-35 – Karimova Mavluda Turabdjanovna;
+998-93-560-22-71– Shukurov Baxtiyor Vakilovich.
Sizlarni kafedramizda kutib qolamiz!