Аbiturientlarga eslatma!
20-iyun kuni 2022/23-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlanadi.
Bunda abituriyentlar telefon raqamini avtorizatsiyadan o‘tkazib, pasport ma’lumotlari, doimiy yashash manzili va tugatgan ta’lim muassasasi bo‘yicha ma’lumotlarni kiritishlari, shuningdek, imtiyozlari mavjud bo‘lsa, ularni tekshirishlari hamda chet tilidan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘lsa, sertifikat ma’lumotlarini kiritishlari mumkin.
Ta’lim yo‘nalishlarini esa 2022/23-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari belgilanib, tillar kesimida tasdiqlanganidan so‘ng tanlash mumkin bo‘ladi.
Abituriyentlarni ro‘yxatga olish Davlat test markazining my.dtm.uz sayti va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali onlayn amalga oshiriladi.
Ro‘yxatga olish 20-iyulga qadar (20-iyul kuni ham) davom etadi va abituriyentlar 20-iyulga qadar o‘z ma’lumotlarini o‘zgartirishlari hamda chet tilidan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘ladigan bo‘lsa, sertifikat ma’lumotlarini kiritishlari mumkin bo‘ladi.
Bu yilgi kirish imtihonlarida abituriyentlar 5 ta fandan imtihon topshiradi. Maksimal ball – 189,0.
Barcha test topshiruvchilar uchun majburiy 3 ta fan (maksimal ball – 33,0 ball):
1. Ona tili (o‘zbek, rus, qoraqalpoq va boshqa tillar) – 10 ta savol, to‘g‘ri javob uchun – 1,1 ball.
2. Matematika – 10 ta savol, to‘g‘ri javob uchun – 1,1 ball.
3. O‘zbekiston tarixi – 10 ta savol, to‘g‘ri javob uchun – 1,1 ball.
Bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos 2 ta fan bo‘yicha (maksimal ball – 156 ball):
1-fan – 30 ta savol, to‘g‘ri javob uchun – 3,1 ball.
2-fan – 30 ta savol, to‘g‘ri javob uchun – 2,1 ball.