O‘QISHNI KO‘CHIRISH UCHUN O‘TISH BALLI 66,1 BALL ETIB BELGILANDI. BU – MAKSIMAL BALLNING 35 FOIZI

O‘tgan yilgi maksimal ball 189 ball edi. Uning 35 foizi – 66,1 ball va bu ko‘rsatkich shu yil o‘qishini xorijiy OTMlardan davlat OTMlariga ko‘chiruvchilar uchun o‘tish balli etib belgilandi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xabariga ko‘ra, 66,1 ball shu vazirlik tizimidagi OTMlarga o‘qishini ko‘chiruvchilar uchun belgilangan. 66,1 ballni to‘play olganlar o‘zi ko‘chirgan OTMda bazaviy to‘lov-kontrakt asosida o‘qiydi.

“Bu yil o‘tgan yillardagidan farqli ravishda imtihonni DTM oladi. Bu OTMlarga hujjat topshirib, DTM imtihoni asosida talaba bo‘lgan abituriyentlarga nisbatan adolatni ta’minlash uchun qilindi.

Shuningdek, imtihonda o‘tish ballini to‘plolmaganlar tabaqalashtirilgan kontrakt asosida o‘qishi mumkin”

Bunda:

65,1 va 66 ball oralig‘ida to‘plaganlar bazaviy to‘lov-kontraktning 1,5 baravari miqdorida;
64,1 va 65 ball oralig‘ida to‘plaganlar bazaviy to‘lov-kontraktning 2 baravari miqdorida;
63,1 va 64 ball oralig‘ida to‘plaganlar bazaviy to‘lov-kontraktning 2,5 baravari miqdorida;
62,1 va 63 ball oralig‘ida to‘plaganlar bazaviy to‘lov-kontraktning 3,5 baravari miqdorida;
56,7 va 62 ball oralig‘ida to‘plaganlar Davlat komissiyasi tomonidan belgilangan tabaqalashtirilgan to‘lov-kontraktning minimal miqdorida;
56,6 va undan kam to‘plaganlar Davlat komissiyasi tomonidan belgilangan tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt minimal miqdorining 2 baravari miqdorida to‘lab o‘qishi mumkin.

Tibbiyot OTMlari uchun Sog‘liqni saqlash vazirligi o‘tish ballini belgilaydi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.