Qabul-2017

Hurmatli abituriyentlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 5-maydagi “2017/2018 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish to‘g‘risida”gi qarori va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga asosida 2017/2018 o‘quv yilida Toshkent tibbiyot akademiyasiga o‘qishga qabul qilish boshlandi.

Qarorga muvofiq abituriyentlarning hujjatlari 2017 yilning 15-iyundan 15-iyulgacha qabul qilinadi.


Toshkent tibbiyot akademiyasining 2017/2018 o‘quv yilida bakalavrlar tayyorlash bo‘yicha qabul ko‘rsatkichlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimlanishi

№* Shifr Ta’lim yo‘nalishlari Jami Davlat grantlari asosida To‘lov-kontrakt asosida
Jami shu jumladan: Jami shu jumladan:
ozbek rus ozbek rus
TTA bo‘yicha jami: 550 228 194 34 322 274 48
1 5111100 Kasbiy ta’lim (tibbiy-pedagogika ishi) 50 15 12 3 35 30 5
2 5510100 Davolash ishi 290 135 115 20 155 132 23
3 5510300 Tibbiy-profilaktika ishi 70 21 18 3 49 42 7
4 5510700 Oliy hamshiralik ishi 90 47 41 6 43 36 7
5 5510900 Tibbiy-biologiya ishi 50 10 8 2 40 34 6

Ta’lim yo’nalishlari haqida batafsil ma’lumot hamda savol-javoblar


2016/2017 o‘quv yilida o‘qishga topshirganlar o‘rtasida 1 o‘rin uchun tanlov

Ta’lim yo‘nalishlari 2016-2017 y. 2015-2016 y.
1 Davolash ishi 10,7 11,3
2 Kasbiy ta’lim (tibbiy-pedagogika ishi) 8,7 11,3
3 Tibbiy-profilaktika ishi 11,5 13,4
4 Tibbiy-biologiya ishi 15,2
5 Oliy hamshiralik ishi 11,1 9,5
6 TTA bo‘yicha o‘rtacha tanlov 11,1 11,2

*


2016/2017 o‘quv yilida o‘qishga topshirganlar o‘tish ballari

Ta’lim yo‘nalishlari Ta’lim tili Grant Kontrakt
Yuqori Past
1. Tibbiy profilaktika o‘zbek 193,8 172,3 159,9
rus 195,3 153,8 120,8
2. Kasbiy ta’lim (tibbiy-pedagogika ishi) o‘zbek 205,0 183,6 162,2
rus 173,4 166,7 151,8
3. Davloash ishi o‘zbek 232,2 198,9 175,4
rus 212,0 188,4 161,5
4. Tibbiy-biologiya ishi o‘zbek 198,7 166,1 149,5
rus 137,5 125,4 106,8
5. Oliy hamshiralik ishi o‘zbek 192,2 167,6 149,6
rus 170,3 135,2 118,7

Abituriyent topshiradigan hujjatlar ro‘yxati

  1. O‘rta yoki o‘rta maxsus ma’lumot haqidagi hujjatning asl nusxasi (kserokopiyasi bilan);
  2. № 086-U shaklli tibbiy ma’lumotnoma;
  3. Pasport asl nusxasi (kserokopiyasi bilan);
  4. 3,5х4,5 hajmdagi 6 ta fotosurat;
  5. Skoroshivatel – 1 dona;
  6. Konvert – 2 dona.
  7. Harbiy xizmatiga aloqadorlik haqidagi hujjat (agar mavjud bo’lsa).

Аbiturient tomonidan pasportning asl nusxasi hamda harbiy xizmatga aloqadorligi haqidagi hujjat shaxsan ko‘rsatiladi.

Tanlovdan tashqari o‘qishga kirish huquqiga ega bo‘lgan xalqaro va Respublika olimpiadalari, tanlovlar va musobaqalar g‘oliblari tasdiqlovchi hujjatlarning asl nusxasini topshiradilar.

Harbiy hizmatni o‘tagan fuqarolarga o‘qishga kirishda imtiyozlar beradigan harbiy qismlar qo‘mondonligi tavsiyanomalari (asl nusxasi) yuqorida ko‘rsatilgan hujjatlar bilan birgalikda yuqorida ko‘rsatilgan muddat ichida (shu kuni ham) topshiriladi.

Ariza shakli Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlanadi:

Ariza (.doc)

Заявление (.doc)


Qabul qilingan abituriyentlarning ingliz tilini bilish darajasi (TTA bo‘yicha)

qabul 2017


Qabul qilingan abituriyentlarning komputer savodxonligi darajasi (TTA bo‘yicha)

qabul 2017