Bakalavriat

Hurmatli abituriyentlar ushbu saytda Siz Toshkent tibbiyot akademiyasiga qabul haqidagi ma’lumotlardan xabardor bo’lishingiz mumkin.

ME’YORIY-HUQUQIY HUJJATLAR:

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 5-maydagi N PQ-2955-sonli “2017/2018 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish to‘g‘risida”gi qarori;

1.1. – PQ-2955-sonli qaror (o’zb, pdf – 155 Kb);

1.2. – PQ-2955-sonli qaror ilovasi (rus tilida, pdf – 991 Kb);

2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 05.05.2017 dagi PQ-2956 sonli qarori (rus tilida, pdf – 1.06 Mb);

3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 04.04.2017 dagi PQ–2867-son Qarori (muddatli harbiy xizmatni o‘tagan abituriyentlarga beriladigan imtiyoz haqida);

4. “Олий таълим муассасаларига ўқишга қабул қилиш, талабалар ўқишини кўчириш, қайта тиклаш ва ўқишдан четлаштириш тартиби тўғрисидаги низомларни тасдиқлаш ҳақида” Ўз.Рес В.М.нинг 2017 йил 20 июньдаги №393 қарори

5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 4 avgustdagi No169-sonli “Xorijiy fuqarolarni O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish va o‘qitish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori.

6. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirlining 2017 yil 14 iyundagi №393-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab Harbiy qism qo‘mondonligining tavsiyasiga ega bo‘lgan abiturientlardan hujjatlarni qabul qilishda shart-sharoitlar yaratish to‘g‘risida”ga buyrug‘i

6.1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirlining 2017 yil 14 iyundagi №393-sonli buyruq ilovasi

7. Toshkent tibbiyot akademiyasida kiyinish odobi haqida.

8. Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish, talabalar o‘qishini kochirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida.

ABITURIYENTLARDAN HUJJATLARNI QABUL QILISH MUDDATI VA JOYLARI:

Abituriyentlarning hujjatlari 2017 yilning 15-iyundan 15-iyulgacha qabul qilinadi.

hujjat-qabul-joyi-2017

TA’LIM YO‘NALISHLARI HAQIDA BATAFSIL MA’LUMOTLAR


Toshkent tibbiyot akademiyasida
2017
2018 o‘quv yilida bakalavrlar tayyorlash bo‘yicha qabul ko‘rsatkichlarining
ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimlanishi

kvota-2017

Davlat granti asosida taqsimlangan o’rinlar faqat maqsadli qabul uchun!

Ta’lim yo’nalishlari haqida batafsil ma’lumot hamda savol-javoblar

Bakalavriat tizimida tibbiy ta’lim yo‘nalishlari, ta’lim muddatlari va bitiruvchilarga beriladigan malakalar

Shifr Ta’lim yo‘nalishlari Ta’lim muddati Bitirgandan so’ng malakasi
5510100 Davolash ishi 6 yil Umumiy amaliyot shifokori
5111003 Kasbiy ta’lim (tibbiy-pedagogika ishi) 6 yil Umumiy amaliyot shifokori – pedagog
5510800 Harbiy-tibbiyot ishi (davolash ishi) 6 yil Harbiy shifokor
5510900 Tibbiy-biologik ish 4 yil Fundamental tibbiyot mutaxassisi
5510300 Tibbiy-profilaktika ishi 5 yil Gigiena – epidemiologiya shifokori
5510700 Oliy hamshiralik ishi
(o’rta maxsus, kasb-hunar tibbiy ta’lim bazasida)
3 yil Oliy hamshiralik ishi mutaxassisi

*


Toshkent tibbiyot akademiyasining 2017/2018 o‘quv yilida bakalavrlar tayyorlash bo‘yicha grant asosidagi qabul ko‘rsatkichlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha viloyatlar kesimida taqsimlanishi

Ta’lim yo‘nalishlari Jami Surxondaryo
viloyati
Qashqadaryo
viloyati
Jizzax
viloyati
Sirdaryo
viloyati
Toshkent
viloyati
Namangan
viloyati
Farg’ona
viloyati
TTA bo‘yicha jami: 203 20 20 53 21 69 10 10
davolash ishi 135 20 20 25 15 55
tibbiy-profilaktika ishi 21 10 1 10
oliy hamshiralik ishi 47 18 5 4 10 10

*


harbiy imtiyozli abituriyentXizmatni o‘tagan abiturientlarga to‘plagan ballarining yarmi qo‘shiladi. Prezidentning 4.04.2017 yildagi PQ–2867-son Qarori bilan muddatli harbiy xizmatni o‘tagan oliy ta’lim muassasalari abiturientlari uchun imtiyoz miqdoriga tuzatish kiritildi.  2017/2018 o‘quv yilidan boshlab test sinovlari natijalariga ko‘ra to‘plagan ballarining 50 foizi miqdorida qo‘shimcha ballga ega bo‘lish shaklidagi imtiyozdir (ilgari – to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ballarning 27 foizi). Batafsil o’qish >>


2016/2017 o‘quv yilida o‘qishga topshirganlar o‘rtasida bir o‘rin uchun tanlov

Ta’lim yo‘nalishlari 2016-2017 y. 2015-2016 y.
1 Davolash ishi 10,7 11,3
2 Kasb ta’limi: tibbiy-pedagogika ishi 8,7 11,3
3 Tibbiy-profilaktika ishi 11,5 13,4
4 Tibbiy-biologiya ishi 15,2
5 Oliy hamshiralik ishi 11,1 9,5
6 TTA bo‘yicha o‘rtacha tanlov 11,1 11,2

*


2016/2017 o‘quv yilida o‘qishga topshirganlar o‘tish ballari

Ta’lim yo‘nalishlari Ta’lim tili Grant Kontrakt
Yuqori Past
1. Tibbiy profilaktika o‘zbek 193,8 172,3 159,9
rus 195,3 153,8 120,8
2. Kasb ta’limi: tibbiy pedagogika ishi o‘zbek 205,0 183,6 162,2
rus 173,4 166,7 151,8
3. Davolash ishi o‘zbek 232,2 198,9 175,4
rus 212,0 188,4 161,5
4. Tibbiy-biologiya ishi o‘zbek 198,7 166,1 149,5
rus 137,5 125,4 106,8
5. Oliy hamshiralik ishi o‘zbek 192,2 167,6 149,6
rus 170,3 135,2 118,7

Abituriyent topshiradigan hujjatlar ro‘yxati

  1. O‘rta yoki o‘rta-maxsus ma‘lumot haqidagi hujjatning asl nusxasi (kserokopiyasi bilan);
  2. № 086-U shaklli tibbiy ma‘lumotnoma;
  3. Pasport asl nusxasi (kserokopiyasi bilan);
  4. 3,5х4,5 hajmdagi 6 ta fotosurat;
  5. Skoroshivatel – 1 dona;
  6. Konvert – 2 dona.
  7. Harbiy xizmatiga aloqadorlik haqidagi hujjat (agar mavjud bo’lsa).

Аbiturient tomonidan pasportning asl nusxasi hamda harbiy xizmatga aloqadorligi haqidagi hujjat shaxsan ko‘rsatiladi.

Tanlovdan tashqari o‘qishga kirish huquqiga ega bo‘lgan xalqaro va Respublika olimpiadalari, tanlovlar va musobaqalar g‘oliblari tasdiqlovchi hujjatlarning asl nusxasini topshiradilar.

Harbiy hizmatni o‘tagan fuqarolarga o‘qishga kirishda imtiyozlar beradigan harbiy qismlar qo‘mondonligi tavsiyanomalari (asl nusxasi) yuqorida ko‘rsatilgan hujjatlar bilan birgalikda yuqorida ko‘rsatilgan muddat ichida (shu kuni ham) topshiriladi.

Ariza shakli Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlanadi:

Ariza (doc), Ariza (pdf)


Qabul qilingan abituriyentlarning ingliz tilini bilish darajasi (TTA bo‘yicha)

qabul 2017


Qabul qilingan abituriyentlarning komputer savodxonligi darajasi (TTA bo‘yicha)

qabul 2017

QABUL HAY’ATI JOYLASHUV MANZILI VA BOG’LANISH

Tarjimasi: Eng, Рус