Respublikaning bir hududidan boshqa hududiga mos va turdosh ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishini ko‘chirishni so‘ragan talabalar diqqatiga

Sog‘liqni saqlash vazirligining 2023-yil 21-avgustdagi 20461-sonli xatiga muvofiq, 2023/2024-o‘quv yili kuzgi semestrida respublikaning bir hududidan boshqa hududiga mos va turdosh ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishini ko‘chirishni so‘ragan talabalar ro‘yxati 1-ilovaga, hamda o‘qishini ko‘chirib tiklashni so‘ragan talabalar ro‘yxati 2-ilovaga muvofiq taqdim etilmoqda.

Shu munosabati bilan, ushbu ilovalardagi Toshkent tibbiyot akademiyasiga o‘qishi ko‘chirilayotgan va o‘qishini ko‘chirib tiklashni so‘ragan talabalarning asl hujjatlarini Toshkent tibbiyot akademiyasining o‘qishni ko‘chirishiga mas’ul bo‘lgan shaxslarga hujjatlarni dastlabki ko‘rib chiqish ishlarini amalga oshirish uchun topshirish so‘raladi.

Talabalar o‘qishini ko‘chirish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-iyundagi PQ-279-sonli qarori va Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-son qarori talablariga qatʼiy amal qilingan holda, taqdim etilgan hujjatlar sinchiklab o‘rganilganidan so‘ng bajariladi.

Hujjatlar o‘rganilib chiqilgandan keyin talabalar belgilangan kunda, komissiyaga kirish uchun telefon orqali chaqiriladi hamda shu bo‘yicha rasmiy saytda ham e’lon beriladi.

O‘qishni ko‘chirishga mas’ul shaxslar bilan bo‘g‘lanish uchun quyidagi telefon raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin:

Tashmatov Shavkat                                                    +998 97 130 10 21

Kuralov Nurhissa                                                        +998 94 922 32 04

Ilova-1.pdf

Ilova-2.pdf

Translate: Uzb

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Этот сайт использует Akismet для борьбы со спамом. Узнайте, как обрабатываются ваши данные комментариев.