Kasb ta’limi: tibbiy pedagogika ishi

Toshkent tibbiyot akademiyasi Tibbiy pedagogika ishi ta’lim yo‘nalishi

Tibbiy pedagogika fakulteti 1998 yilda tashkil etilgan. Fakultetning 11 ta kafedralarda  jami 129 pedagoglar ta’lim berib borishmoqda. Shulardan 2 ta akademik, 20 ta fan doktori, 43 ta fan nomzodi faoliyat olib borishadi. Mazkur fakultetda umumiy amaliyot shifokorlari va pedagoglar tayyorlanadi.


Ta’lim yo‘nalishi–  5111003 ped11

O‘qish shakli kunduzgi

O‘qish muddati  – 6  yil

Mutaxassisligi  – Umumiy amaliyot shifokori, pedagog.


Ushbu fakultetni bitirgan talabalar:

  • qishloq vrachlik punktida,
  • oilaviy poliklinikada,
  • tez tibbiy yordam tizimi
  • hamda tibbiyot kollejlarida faoliyat yuritishlari mumkin.

Tibbiy pedagogika fakultetini bitiruvchilari tanlagan ixtisosligi bo‘yicha magistratura hamda klinik ordinaturaga hujjat topshirib o’qishni davom ettirishlari mumkin.


Tibbiy pedagogika ishi yo‘nalishining 2017/2018 o‘quv yilida bakalavrlar tayyorlash bo‘yicha qabul ko‘rsatkichlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimlanishi

ped2


2016/2017 o‘quv yilida o‘qishga topshirganlar o‘rtasida 1ta o‘rin uchun tanlov: 11.7

ped3


2016/2017 o‘quv yilida o‘qishga topshirganlar o‘tish ballari

ped4


Hujjatlarni qabul qilish joyi: Toshkent tibbiyot akademiyasi “Shifokor” sport majmuasi.

Toshkent tibbiyotakademiyasi 'Shifokor' sport majmuasi


TTAga hujjat topshiruvchi abiturientlarning qabul jarayoni ketma-ketligi

qadam


TIBBIY-PEDAGOGIKA FAKULTETI
(Kasbiy ta’lim – tibbiy-pedagogika ishi)

1. Toshkent tibbiyot akademiyasi tibbiy pedagogika fakulteti haqida.

“Kadrlarni tayyorlash milliy dasturi” asosida ta’lim isloxotini amalga oshirish xamda davolash ishi o‘qituvchisi, umumiy amaliyot shifokorini tayyorlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 25 maydagi 228-sonli qarori bilan Birinchi Toshkent Davlat tibbiyot instituti rektorining 1998 yil 30 avgust 140- sonli buyrug‘i bilan davolash fakulteti qoshida “kasbiy ta’lim yo‘nalishi” bo‘yicha tibbiy pedagogika fakulteti tashkil etildi.
Hozirgi kunda fakultetda tibbiyot kollejlari  va tibbiyot institutlari uchun yuqori saviyali pedagoglar hamda umumiy amaliyot shifokori tayyorlanmoqda.

2. Professor-o‘qituvchi xodimlar tarkibi.

Xozirgi davrda fakultetda 131 nafar pedagog hodimlar faoliyat olib bormoqdalar. Ulardan 21 nafari fan doktorlari, 43 nafari fan nomzodlaridir. Pedagog hodimlarining 22 tasi dotsent, 16 tasi professor unvoniga ega. Fakultetda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining xaqiqiy a’zosi akademik T.А.Daminov faoliyat olib bormoqda.

3. Bugungi kunda nechta talaba tahsil oladi?

Ayni vaqtda fakultetda 706 nafar talaba bo‘lib, shundan 214 nafari davlat granti asosida va 492 nafari to‘lov shartnoma asosida ta’lim olmoqda.

4. Tahsil oluvchilar oldiga qo‘yilgan talablar (horijiy til va AKT ni bilishi, buni bilish o‘qish jarayonida qanchalik zarur, horijiy til va AKT ni bilmaslik qanday oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Har bir talaba o‘zini shaxsiy noutbuki (netbuk, planshet, iPad) ega bo‘lishi va unda erkin ishlash qobiliyatiga ega bo‘lishi kerak. Xorijiy tillardan rus va ingliz tillarini o‘rganish va uni ta’lim olish sohasida ishlata bilish lozim, chunki ko‘plab adabiyotlar yuqoridagi xorijiy tillarda, shuningdek, o‘tkaziladigan tadbirlar va xorijdan kelgan mutaxassislar ishtirokida turli master klasslar va integral ma’ruzalar, muhokamalarda ishtirok eta olishi va  tma.uz sayti orqali dunyoning yetakchi kutubxonalari va izlovchi portallaridan foydalana olishi lozim. Shuningdek akademiyada Wi-Fi hududlari tashkil etilgan. Agar talaba xorijiy tillar va axborot texnologiyalari bo‘yicha yetarli ko‘nikmaga ega bo‘lmasa yuqoridagi imkoniyatlardan foydalana olmaydi.

5. Akademik qarzdorligi bo‘lgan talabalarga qanday choralar ko‘riladi?

Sababsiz 72 soat dars qoldirgan qarzdor talabalar talabalik safidan chetlashtiriladi. Kasallik tufayli qarzdor bo‘lgan talabalar esa belgilangan hujjatlarni tavsiya qilganlaridan so‘ng o‘rnatilgan grafik asosida akademik qarzdorliklarini bartaraf qilishadi. Semestr davomida har bir fandan 3 va undan ortiq sababsiz dars qoldirgan, yakuniy nazoratlar (OSKI va test)ni qoniqarsiz baholarda topshirgan  talabalar akademik qarzdor talaba hisoblanib, ular akademik qarzdorligini semestrdan tashqari belgilangan grafik asosida qayta topshirishadi va akademik qarzdorlik sodir bo‘lgan semestrni oxirgi oy stipendiyasidan mahrum qilinadi.

6. O‘qishning davomiyligi

Tibbiy pedagogika fakultetida o‘qish muddati 6 yilni tashkil qiladi. Ushbu fakultetning o‘quv rejasini bajargan bitiruvchilar oliy malakali, raqobatbardosh tibbiy va pedagogik mutaxassisliklarni egallaydilar.

7. O‘qishni tugallagandan keyin kim bo‘lishadi?

Tibbiy pedagogika fakultetini tugatgan talabalar umumiy amaliyot vrachi  va  litsey, kollejlar pedagogi kvalifikatsiyasiga ega bo‘ladilar. Bitiruvchilar magistratura va klinik ordinaturada taxsil olishni davom etishlari mumkin.

Fakultet bitiruvchilari QVP, oilaviy poliklinikalar, rayon markaziy poliklinikalari va keng tarmoqli rayon shifoxonalarida UASh, kollejlarda esa pedagog sifatida ishlashlari mumkin.

 

Tarjimasi: Рус