Davolash ishi

Toshkent tibbiyot akademiyasi Davolash ishi ta’lim yo‘nalishi

Davolash fakulteti 1931 yilda tashkil etilgan. Fakultetning 14 ta klinik kafedralarda 1 ta akademik, 32 ta professor, 56 ta dotsent va 149 ta assistent faoliyat olib borishadi. Hozirgi kunda fakultetda 1900 dan ziyod talabalar tahsil olmoqdalar. Mazkur fakultetda umumiy amaliyot shifokorlari tayyorlanadi.


Ta’lim yo‘nalishi:  5510100 – davolash ishidavolash ishi

O‘qish shakli kunduzgi

O‘qish muddati – 6 yil

Mutaxassisligi Umumiy amaliyot shifokori

Ushbu ta’lim yonalishini bitirgan talabalar:

  • qishloq vrachlik punktlarida
  • oilaviy poliklinikalarida,
  • tez tibbiy yordam tizimlarida faoliyat yuritishlari mumkin.

 

Davolash ishi ta’lim yonalishini bitiruvchilari kelajakda ozlari qiziqqan va tanlagan tor mutaxassisliklari boyicha magistratura hamda klinik ordinaturaga hujjat topshirib oqishni davom ettirishlari mumkin.

 


Davolash fakultetining 2017/2018 o‘quv yilida bakalavrlar tayyorlash bo‘yicha qabul ko‘rsatkichlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimlanishi

dav-22


2016/2017 o‘quv yilida o‘qishga topshirganlar o‘rtasida bir o‘rin uchun tanlov: 10.7

davolash-konkurs-2016-2017


2016/2017 o‘quv yilida o‘qishga topshirganlar o‘tish ballari: 

davolash ishiga o'tish ballar 2016-2017


Hujjatlarni qabul qilish joyi: Toshkent tibbiyot akademiyasi “Shifokor” sport majmuasi.

Toshkent tibbiyotakademiyasi 'Shifokor' sport majmuasi

TTAga hujjat topshiruvchi abiturientlarning qabul jarayoni ketma-ketligi

qadam


DAVOLASH FAKULTETI
(Davolash ishi)

1. Fakultetning qisqacha tarixi

Davolash fakultetining tarixi 1919-yilning 13-sentyabrida Turkiston Davlat universiteti qoshida tibbiyot fakulteti  tashkil etilishi bilan bog‘liq. 1920-yilning 5-may kuni tibbiyot fakultetiga 500 o‘rinli shifoxonaga ega bo‘lgan sobiq kadetlar korpusining binosi topshirildi. Dastavval fakultetda 205ta talaba 5ta kursda tahsil olgan. 1931 yilda  tibbiyot fakulteti alohida institutga aylantirildi. 1935 yilda esa O‘rta Osiyo tibbiyot institutining nomi Toshkent tibbiyot istitutiga o‘zgartirildi. Uning tarkibida 4 ta fakultet tashkil etilib, shulardan biri davolash profilaktika fakulteti keyinchalik davolash fakulteti nomi bilan atala boshlandi
Fakultetga asos solingan vaqtidan boshlab uning dekani sifatida N.I.Ragoza, S.G.Xaskin, P.A.Nerdit, A.S.Volûnskiy, A.M.Geller, A.X.Xodjaev, I.Yu.Laskov, S.A.Dolimov, A.I.Magrupov, M.I.Gasparyan, N.M.Majidov, M.A.Ashrapova, R.M.Nurmuhamedov, A.I.Mo‘minov, N.X.Shomirzaev,  Sh.I.Karimov, K.N.Najmutdinov, M.X.Qoriev, M.M.Mirsamatov, T.X.Qayumov, P.I.Toshxo‘jaev, A.M.Xakimov, Sh.Ya.Zokirxujaev kabi mashxur olimlar faoliyat yuritganlar
Toshkent Tibbiyot Akademiyasining davolash fakultetida professorlar O.R.Teshaev (2005-2006 yy), Q.I.Rasulev (2006-2008 yy), S.P.Abdullaev (2008-2011 yy), B.T.Xalmatovalar (2011-2014 yy) P.S.Zufarov (2014-2017 yillar) dekan vazifasini bajarishdi. 2017 yil mart oyidan boshlab fakultetni professor B.T.Xalmatova boshqarib kelmoqda.

2. Professor-o‘qituvchi xodimlar xarakteristikasi

Bugungi kunda fakultetda 260 nafar pedagog faoliyat ko‘rsatadi. Ulardan 1 nafari akademik, 61 nafari fan doktori va 104 nafari fan nomzodlari hisoblanadi.

3. Bugungi kunda nechta talaba tahsil oladi?

Bugungi kunda 1865 nafar talaba tahsil oladi

4.Tahsil oluvchilar oldiga qo‘yilgan talablar (horijiy til va AKT ni bilishi, buni bilish o‘qish jarayonida qanchalik zarur, horijiy til va AKT ni bilmaslik qanday oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Fakultetda tahsil oluvchi talabalar horijiy tallar va axborot kommunikatsion texnologiyalarni mukammmal bilishlari talaba etiladi. Bugungi kundagi tibbiyotning eng so‘ngi yutuqlaridan foydalanishlari uchun va zamon talablariga mos adabiyotlardan o‘qib tahsil olishlari uchun internet resurslaridan oqilona foydalanish ko‘nikmalariga ega bo‘lishlari lozim. Aks holda fanlarni o‘zlashtirishda boshqa talabalardan ortda qolishlari va yetuk mutahassis bo‘lib yetishishlari qiyin bo‘ladi.

5. Akademik qarzdorligi bo‘lgan talabalarga qanday choralar ko‘riladi?

Sababsiz 72 soat dars qoldirgan qarzdor talabalar talabalik safidan chetlashtiriladi. Kasallik tufayli qarzdor bo‘lgan talabalar esa belgilangan hujjatlarni tavsiya qilganlaridan so‘ng o‘rnatilgan grafik asosida akademik qarzdorliklarini bartaraf qilishadi. Semestr davomida har bir fandan 3 va undan ortiq sababsiz dars qoldirgan, yakuniy nazoratlar (OSKI va test)ni qoniqarsiz baholarda topshirgan  talabalar akademik qarzdor talaba hisoblanib, ular akademik qarzdorligini semestrdan tashqari belgilangan grafik asosida qayta topshirishadi va akademik qarzdorlik sodir bo‘lgan semestrni oxirgi oy stipendiyasidan mahrum qilinadi.

6. O‘qishning davomiyligi

Yangi nizomga muvofiq davolash fakultetida o‘qish muddati 6 yilni tashkil etadi.

7. O‘quv mazmuni nimadan iborat?

Umumiy amaliyot shifokorini tayyorlash uchun talabalar dastlabki uch yil davomida fundamental fanlarni o‘rganadilar, 4 yildan bshlab klinik fanlarni o‘qiy boshlaydilar. Klinik fanlarni o‘qish vaqtida fanlararo integratsiyaga e’tibor qaratiladi. Amaliy mashg‘ulotlarda o‘qitishning zamonaviy usullari faol qo‘llaniladi.

8. O‘qishni tugallagandan keyin kim bo‘lishadi?

O‘qishni tugatganlaridan so‘ng ular baklavr – “Umumiy amaliyot shifokori” diplomini olishadi.

9. Toshkent tibbiyot akademiyasini tugatgandan keyin qayerda ishlash mumkin?

Davolash fakultetining bitiruvchilari oilaviy poliklinikalar, shoshilinch tibbiy yordam stansiyalari, qishloq vrachlik punktlarida faoliyat olib borishlari va magistratura, klinik ordinaturada tahsilni davom ettirib, mutahassis sifatida klinika va shifoxonalarda, ilmiy tekshirish institutlari va yetakchi tibbiyot muassasalarida faoliyat olib borishlari mumkin.

 

Tarjimasi: Рус