Akademiya haqida

Toshkent tibbiyot akademiyasining Bosh o'quv binosi
Toshkent tibbiyot akademiyasining Bosh o’quv binosi

Toshkent tibbiyot akademiyasi 2005 yilning 19 iyulida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent tibbiyot akademiyasini tashkil qilish to‘g‘risida”gi PF-3629-sonli Farmoni, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 29 iyuldagi 178-sonli Qarori bilan bekor qilingan Birinchi va Ikkinchi Toshkent davlat tibbiyot institutlari bazasida tashkil qilingan.

Toshkent tibbiyot akademiyasi O‘zR Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan sertifikatiga asosan oliy ta’lim muassasasi maqomiga ega.

Toshkent tibbiyot akademiyasining asosiy faoliyat yo‘nalishlari (nizomga muvofiq):

  • aholiga tibbiy yordam ko‘rsatish sifatini yaxshilash maqsadida yuqori malakali tibbiyot kadrlarini tayyorlash va sog‘liqni saqlash tizimini tuzilmasini takomillashtirishda qatnashish;
  • o‘quv jarayonlarini tashkil qilishda ilg‘or ta’lim texnologiyalarini keng joriy qilish negizida ta’limni yangi mazmun bilan to‘ldirish;
  • bo‘lajak shifokor mutaxasislarni ayni vaqtning o‘zida davolash amaliyotining aniq ko‘nikmalarini egallash bilan o‘qitishni ta’minlash;
  • tibbiyot xodimlarini tayyorlashning istiqbolli yo‘nalishlarini belgilash, shifokorlar faoliyatida, atrof muhitdagi ekologik o‘zgarishlarni hisobga olgan holda, profilaktik yo‘nalganlikni shakllantirish;
  • filiallar faoliyatiga rahbarlik qilish, Respublikada oliy ma’lumotli tibbiyot kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha yetakchi sifatida mamlakatdagi tibbiyot oliy o‘quv yurtlarini ishini muvofiqlashtirish va uslubiy jihatdan boshchilik qilish, shuningdek tibbiyot, sog‘liqni saqlash, sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish sohasida ilmiy tadqiqotlar olib borish;
  • tibbiyot sohasidagi pedagogik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish bilan birga ularga vatanparvarlik va komil insonlik his tuyg‘ularini yuksak darajada, o‘z kasbini egallashga intilish hamda ma’naviy-axloqiy fazilatlarini shakllantirish;
  • tibbiyot kadrlarini tayyorlashda vatanimiz va xorijiy ilg‘or tajribalarni hisobga olish, tizimlashtirish va ularni Respublika oliy tibbiy ta’limi tizimiga joriy qilish.

Toshkent tibbiyot akademiyasida KIYINISH ODOBI haqida >>>


Жисмоний ва юридик шахсларни ёзма ва оғзаки мурожаатларини раҳбарият қабули
ЖАДВАЛ
И

Жадвал жисмоний ва юридик шахслар (.pdf)

Лавозими Ф.И.Ш. Қабул куни
Ректор Туйчиев Лазиз Надирович Ҳар куни 08.00-10.00
Ўқув ишлари проректори Тешаев Октябр Рухиллаевич Сешанба 11.00-13.00
Маънавият ва маърифат ишлари проректори Бобомурадов Турдиқул Акрамович Шанба 12.00-14.00
Илмий ишлар проректори Боймурадов Шухрат Абдужалилович Чоршанба 15.00-17.00
Иқтисод ва тадбиркорлик ишлари проректори Магзумов Илхом Хамидуллаевич Пайшанба 10.00-12.00
Академик лицей ва коллежлар бўйича проректор Баймаков Сайфиддин Рисбаевич Жума 15.00-17.00

Ишонч телефони:    150-78-25

3 Replies to “Akademiya haqida”

  1. Касб таълими(тиббий педагогика) дан абитуриент кайси фанлардан имтихон топшириши курсатилмаган

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *