TTA tayyorlov kurslari

Agar siz O’zbekiston Respublikasining eng etakchi oliy tibbiy ta’lim muassasasida talaba bo’lish istakida bo’lsangiz, Bizning tayyorlov kurslari yordam berishga tayyor.

Toshkent tibbiyot akademiyasi negizida 2017 yildan tibbiyot OTMlariga kirish uchun test sinov imtihonlarini muvofaqqiyatli topshirishga tezkor tayyorlov kurslari ochilmoqda.

Tayyorlov kursida 3 (uch) ta fandan o’qitiladi: kimyo, biologiya va ona tili-adabiyoti hamda oliy ma’lumotli hamshira yo’nalishi bo’yicha ijodiy imtihonlarga tayyorlash. Mashg’ulotlarni Toshkent tibbiyot akademiyasining yuqori tajriba va malakaga ega bo’lgan o’qituvchilar olib boradi.

Tayyorlov kursida muvafaqqiyatli ta’lim olgan abituriyentlarga tayyorlov kursini tugatganligi to’g’risida sertifikatlar beriladi.

Tayyorlov kursida mashg’ulotlarga jiddiy yondoshib test sinovi imtihonlarida yuqori ball olishingiz mumkin.

Sizlarga omadlar tilaymiz va kutib qolamiz.


Tayyorlov kursi nizomi >>>


Tayyorlov kursi tо’g’isida to’liқ ma’lumot olish va ro’yhatdan o’tish uchun:
Mo’ydinov Otabek Husanovichga murojaat qilishingiz mumkin.

Manzil: 3 son o’quv binosi 3 qavat.
tel: +99893 520-55-50
+99871 150 78 41
+99871 214 89 52

Translate: Рус

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.